Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 15 aprel kungi yalpi majlisida «sun’iy intellektni qöllaş orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solişga» doir qonun birinçi öqişda qabul qilindi. Qonun bir guruh deputatlar taşabbusi bilan işlab çiqilgan
Deputat Şahnoza Xolmuhammedovaga köra, «butun dunyoda, xususan, Özbekistonda sun’iy intellekt inson huquqlari va şaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi uçun tahdidlarni yuzaga keltiryapti».
«Xususan, ötgan yili SIdan foydalanib, taniqli şaxslarning audio, foto va videolarini soxtalaştiriş 50 barobarga oşgan. Özbekistonda 2023 yilda internet tarmoqlarida 1129 ta, 2024 yilda esa 3553 SI yordamida işlov berilgan noqonuniy materiallar tarqatilgani aniqlangan. Bunda aholining işonçiga kiriş maqsadida özga şaxslarning qiyofasi va ovozidan foydalanilgan», deydi u.

Deputatning fikriça, bu holatlar milliy qonunçilikda sun’iy intellekt texnologiyalarini qöllaş orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soliş zaruratini vujudga keltirmoqda.
«Qolaversa, prezidentimiz ham aynan şu binoda, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining ilk yalpi majlisida SI bilan boğliq masalalarni tartibga solişning huquqiy asoslarini yaratiş böyiça öz tavsiyasini bergan edi. Şu munosabat bilan uşbu qonun loyihasi işlab çiqildi», – deydi parlament a’zosi.
Deputatlar, doimgidek, qonun loyihasi matnini e’lon qilmagan, uni jamoatçilik muhokamasiga ham qöymagan.
Oçiqlanmagan loyiha bilan «Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonun hamda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Ma’ruzaçiga köra, loyihada «sun’iy intellekt» tuşunçasiga ta’rif berilgan, sohada davlat siyosatining asosiy yönalişlari hamda maxsus vakolatli organning vazifalari, axborot resurslarini yaratişda hamda axborot tizimlari işida sun’iy intellektdan foydalanişning umumiy qoidalari belgilangan.
SI texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan axborot resurslariga markirovka qöyiş talabi nazarda tutilmoqda.













