1 avgust kuni Özbekistonda test sinovlari ötkazilayotgan vaqtda mobil aloqa kompaniyalari «profilaktika işlari» ötkazişmaydi va xizmatlar töxtatilmaydi. «Beeline» mobil aloqa operatori vakili «Kun.uz» muxbiriga ma'lum qilişiça, imtihonlar vaqtida mobil aloqa kompaniyalari odatdagi rejimda faoliyat körsatadi, şu kuni ham, undan keyingi kunlarda ham OTMlarga kiriş imtihonlari ovozli aloqa va mobil internet faoliyatiga ta'sir körsatmaydi.
Ötgan yillarda test sinovlari ötkaziladigan kuni ya'ni 1 avgustda barça mobil aloqa kompaniyalari SMS va internet xizmatlarini vaqtinça öçirib qöyar edi. Mobil internet öçişi esa terminallar faoliyatiga ta'sir körsatardi.
Qayd etiş kerakki, bu yildan imtihonlar 1 avgustdan 15 avgustgaça, har kuni ikki smenada (birinçi smena 9:00 dan 12:00 gaça, ikkinçisi 15:00 dan 18:00 gaça) ötkaziladi va mobil internetni yarim oyga, ayni iş soatlarida öçirib qöyiş — deyarli imkonsiz işga aylandi.

















