Rossiya AQŞdan Ukrainadagi öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişilgaç, muzlatilgan davlat aktivlari hisobidan Boeing samolyotlarini xarid qilişga ruxsat berişni söradi. Bu haqda Bloomberg Moskvadagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Uşbu talab sulhga rozilik şarti hisoblanmaydi, ammo agentlik suhbatdoşining ta’kidlaşiça, Rossiya öt oçiş töxtatilmagunga qadar muzlatilgan mablağlarini samolyotlar sotib oliş uçun işlatib bölmasligini tuşunadi.
Qayd etilişiça, samolyotlarni sotib oliş imkonini beradigan kelişuv jangovar harakatlar töxtatilganida sanksiyalarni yengillaştirişning bir qismiga aylanişi mumkin.
Milliy xavfsizlik kengaşi vakili Brayan Xyuzning sözlariga köra, AQŞ «tinçlik sulhiga erişilmagunga qadar heç qanaqa iqtisodiy majburiyatlarni muhokama qilmaydi».
AQŞda Rossiya aktivlarining oz qismi muzlatilgan — qariyb 5 milliard dollar. Uşbu mablağlarga önlab Boeing-737 samolyotlarini xarid qiliş mumkin.
RF TIV rahbari Sergey Lavrovning ma’lum qilişiça, Rossiya AQŞga «Aeroflot» aviakompaniyasidan sanksiyalarni yeçişni taklif qilgan. Mazkur taklif Vaşington bilan Ar-Riyodda ötkazilgan uçraşuvda bildirilgan. «Amerikaliklar buni qabul qildi, ammo hozirça heç qanday qadamlarni körmadik», — deydi Lavrov.
Eslatib ötamiz, mart oyida «Rostex» davlat korporatsiyasi rahbari Sergey Çemezov yaqin yillarda Rossiya aviakompaniyalari parklarda qolgan kamida 200 ta xorijiy samolyotni hisobdan çiqarişga majbur bölişini aytgandi. Sanksiyalar tufayli ular rasmiy xizmat körsatiş va original ehtiyot qismlar yetkazib berilişidan uzilgan. Çemezovning qayd etişiça, bu samolyotlar 2030 yilgaça ekspluatatsiyadan çiqarilib, mahalliy muqobillar bilan almaştirilişi kerak.

















