Rossiya Taşqi işlar vazirligi xavfsizlik kuçlarining Moskvadagi «Bodrost» hammomida Qirğiziston fuqarolariga qarşi ötkazilgan reydi «jamoat joylarini rejali tekşiriş» bölganini ma’lum qildi.

Vazirlik ma’lumotlariga köra, hammomda qölga olingan 25 kişi mamlakat qonunçiligini buzgan holda Rossiya hududida bölib kelgan, ayrimlari esa «radikal guruhlarga aloqadorlikda gumonlanmoqda».

TIVning qayd etişiça, reyd davomida «çet el fuqarolari huquq-tartibot organlari xodimlariga qarşilik körsatgan», şu bois «tegişli çoralar körilgan». Vazirlikka köra, kuç tuzilmalari xodimlari «Rossiya qonunçiligiga muvofiq mavjud vakolatlari doirasida» harakat qilgan.

Öz navbatida Qirğiziston ombudsmani Jamila Jamanbayeva Rossiya inson huquqlari böyiça vakili Tatyana Moskalkova bilan uçraşuvda reyd videosini köriş çoğida «huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan kuç qöllaşning mutanosibligi va asoslangani borasida savollar tuğilgani»ni bildirgan.

Moskvadagi «Bodrost» hammomida Qirğiziston fuqarolari 11 aprel kuni qölga olingan edi. E’lon qilingan videolardan birida odamlar xona böylab emaklab yurişga majburlangan, qolganlar esa yuzi yerga qarab yotqizilgan. Guvohlardan birining aytişiça, hammomda odamlar kaltaklangan.

Rossiyaning Bişkekdagi elçisi Sergey Vanukov fuqarolarning ommaviy ravişda qölga olinişi sabab Qirğiziston TIVga çaqirtirilgan. Rossiya elçisiga hammomda ötkazilgan amaliyotning huquqiy asoslari haqida ma’lumot beriş, şuningdek, qölga olingan fuqarolarga nisbatan kuç işlatiş sabablarini tuşuntiriş söralgan rasmiy nota topşirilgan.