Oxirgi paytlarda taşqi qarz masalasi ijtimoiy tarmoqda keng muhokamalarga sabab bölib, dolzarb mavzulardan biriga aylanib ulgurdi.

Köp holatlarda moliya sohasidagi mutaxassislar tomonidan davlatning taşqi qarzi makroiqtisodiy körsatkiçlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Şu bois mamlakatning taşqi qarzi bilan boğliq vaziyatni töla aks ettiradigan körsatkiçlardan biri sifatida davlat umumiy qarzining YaIMga nisbati olinadi.

Jahon banki va Xalqaro valuta jamğarmasining tavsiyasi hamda tasnifiga köra, iqtisodiyoti rivojlanayotgan, bozor iqtisodiyotiga ötiş davridagi mamlakatlar uçun jami davlat qarzi YaIMga nisbatan 75 foizdan (diskontlanganda 70 foiz), davlat taşqi qarzi YaIMga nisbatan 55 foizdan (diskontlanganda 50 foiz) oşmasligi tavsiya etilgan.

Biroq köplab mamlakatlar, xususan rivojlangan mamlakatlar ham önlab yillar davomida yuqori davlat qarzi bilan yaşab kelmoqda. Masalan, Fransiya, Italiya va Yaponiyada bu körsatkiç 100 foizdan oşadi. Aniqroq qilib aytadigan bölsak, 2024 yilda Fransiyaning umumiy taşqi qarzi mamlakat YaIMning 236 foizini taşkil qilgan holda 7,3 trln dollarni, Italiyaning taşqi qarzi mamlakat YaIMning 129 foizini taşkil qilib