Farğona şahrida joylaşgan xususiy klinikaga burun operatsiyasi uçun kirgan 33 yoşli Muhammadjon Husainov şifoxonadan ölik holda çiqdi. Bu haqda marhumning turmuş örtoği Daryo.uz’ga xabar bergan.
Xonzodabegim Husainovaning ma’lumot berişiça, turmuş örtoği Muhammadjon 10 aprel kuni soat 18:00 da operatsiyaga kirgan va 22:30 da uning vafot etgani ma’lum bölgan.
“Operatsiyadan oldin yonboşidan ikkita ukol oldi. Rentgen qilişdi, hammasi yaxşi, soğlomsiz deyişgandi. Öz oyoği bilan operatsiyaga kirib ketgandi”, degan marhumning turmuş örtoği.
Ayol öşa kuni klinikaga olib borgan farzandlarini uyiga taşlaş uçun ketganida unga klinikadan qönğiroq qilib, soat 20:00 da turmuş örtoğini palataga olişmoqçiligini xabar berişgan.
“Keçki payt soat 20:20 larda klinikaga bordim. Borsam na şifokor bor, na hamşiralar. Hamma yoq tinç, kutib turdik. Soat 22:00 dan keyin yana söradim. Jonlantiriş bölimini yopib, qulflab qöyişgan ekan. Erkaklarni çaqiring, deyişdi. Talab qilib, içkariga kirsak, erim ölib bölgan va örab qöyişgan ekan”, degan Xonzodabegim Husainova.
Marhumning yaqinlariga köra, bemor vafot etgaç, şifokorlar voqea joyidan qoçib ketgan.
“Bahodir Qöçqorov degan şifokor operatsiya qilgandi. U viloyat şifoxonasida işlar ekan. Biz avvaliga davlat şifoxonasiga borgandik. Şifokor men davlat şifoxonasida operatsiya qilmayman degani uçun keyin xususiyga bordik. Erim ölib qolganidan söng şifokor klinikaning yertölasiga yaşiringan ekan. Men va qaynotam ularni izlab topolmay qoldik. Şifoxonadagi liftlarni ham öçirib qöyişgandi”, deya ma’lum qilgan marhumning turmuş örtoği.
Şifokor Bahodir Qöçqorov operatsiyadan söng qoçib ketganini inkor qilgan. Şuningdek, u bemorni viloyat Bolalar köp tarmoqli markaziy şifoxonasida faqatgina 18 yoşgaça bölgan bemorlarga xizmat körsatilişi sababli davlat şifoxonasida operatsiya qilmaganini aytgan.
“Bemordagi burun tösiği qiyşiğini töğirlaş operatsiyasi köngildagidek ötgandi. Men şundan söng bemorni anesteziolog ixtiyoriga topşirib, u yerdan ketganman. Qoçib ketmaganman. Ölim holati men operatsiyani tugatib, çiqib ketganimdan söng taxminan 15-20 daqiqadan keyin sodir bölgan. Jarrohlik amaliyoti heç qanday muammosiz ötdi, qon ham ketmadi”, degan şifokor.
Şuningdek, Bahodir Qöçqorov 15 daqiqaga möljallangan amaliyot bir soatga çözilişi yoki bir soatga möljal qilingan operatsiya 15 daqiqada tugaşi ham mumkinligini bildirgan.

















