Rossiyaning Vladimir oblastining Kirjaç şahri yaqinidagi öq-dori omborida portlaş sodir böldi. RF mudofaa vazirligi rasmiy xabarida öq-dorilar alanga oqibatida detonatsiyaga uçragani aytilgan. Asosiy versiya sifatida portlovçi moddalar bilan işlaşda xavfsizlik talablari buzilişi keltirilgan.
Mahalliy aholi vakillari öq-dorilarning takroriy portlaşlari ovozlari eşitilgan videolarni e’lon qilgan. Öq-dorilarning parçalari 5 km radiusga soçilib ketgan. «112» telegram-kanaliga köra, arsenal hududidan uçib çiqqan ikkita raketa fuqarolik obektlariga urilgan – ulardan biri Kirjaç şahridagi dam oliş markazi yonida portlagan, ikkinçisi xususiy uylardan biriga kelib tuşgan.
Mudofaa vazirligining dastlabki xabarida, dastlabki ma’lumotlarga köra jarohatlanganlar yöqligi qayd etilgandi. Keyinroq Baza manbasi keyinroq atrofdagi qişloqlardan birida yaşovçi kişi uçib kelgan snaryadlardan biri tufayli jarohatlangani, uning hayotiga jiddiy xavf yöqligi haqida ma’lumot berdi.
Kirjaç rayonida favqulodda holat rejimi joriy etildi. Portlaş sodir bölgan qurol ombori Barsovo qişloği yaqinida joylaşgan bölib, unda 700 kişi istiqomat qiladi. TASS agentligi yozişiça, Barsovo va unga tutaş Mirniy qişloği aholisi evakuatsiya qilinişi boşlangan. Baza ma’lumotiga köra, Barsovodan bir neça kilometr masofada joylaşgan Dubka, Perşino, Xrapka, Gribanovo, Meleji va Zvezdniy aholi yaşaş punktlari aholisi ham evakuatsiya qilinmoqda. Odamlar Kirjaç şahridagi maktablarga vaqtinçalik joylaştirilmoqda. Kirjaçni Moskva bilan boğlaydigan va uşbu aholi punktlari joylaşgan yöl esa vaqtinça tösib qöyilgan.
Taxminlarga köra, dastlabki portlaş Boş raketa va artilleriya boşqarmasining (GRAU) 51-arsenali (11785-harbiy qism) hududida sodir bölgan. «Krasnaya zvezda» gazetasining 2009 yilgi ma’lumotiga köra, u işlab çiqaruvçi korxonalardan raketa va öq-dorilarni qabul qiliş, ularni töplaş, saqlaş va ehtiyotlaş uçun möljallangan. «Bu yerda raketalar va öq-dorilarni yiğiladi, ularga rejalaştirilgan texnik xizmat körsatiladi, raketalar va öq-dorilarni qayta işlanadi va ta’mirlanadi hamda yakuniy holatiga keltiriladi. Bu yerdan raketalar va öq-dorilar öz manziliga jönatiladi», – deya yozgan gazeta. Öşa paytda omborxona öz içiga 256 ming tonnadan ortiq öq-dorilarni siğdira olgan. Oçiq manbalarda arsenal va uning tarkibi haqidagi yangi ma’lumotlar yöq.














