«Yashil» vodorod va sian tuzlari korxonalari ishga tushiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatidagi loyihalar ijrosi va tarmoqni diversifikatsiya qilish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Taqdimotda mutasaddilar bu yilgi ishlar va rejalar to‘g‘risida hisobot berdi. Qayd etilganidek, joriy yil birinchi chorakda tarmoqda 181 million dollarlik investitsiya o‘zlashtirilgan, 39 million dollarlik 3 ta loyiha ishga tushirilgan. Endi ikkinchi chorakda 170 million dollarlik xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish hisobidan «yashil» vodorod va sian tuzlari korxonalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Raqamlashtirish jarayoni davom ettirilib, tarmoqning hamkor sohalar bilan integratsiyasi kengaytiriladi. Kimyo zavodlarining yagona g‘aznachilik tizimida qo‘shimcha modullar ochiladi. «Yagona raqamli platforma» yakuniga yetkazilib, korxonalarning 15 ta iqtisodiy ko‘rsatkichlari aks ettiriladi.
Yana bir muhim vazifa – energiya samaradorlik. Energiyani tejash hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish orqali tannarxni kamaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Sohada hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi. Jadal rivojlanayotgan ichki bozorda mahsulotlarga talab ortyapti. Jahon bozoridagi nobarqaror sharoit ham yangi vazifalar qo‘ymoqda.
Shu bois tarmoqni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish, mahalliylashtirish va qo‘shilgan qiymatni oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Mutasaddilarga hozirgi zamon talablari va kelgusi iqtisodiy prognozlar asosida kimyo sanoatini rivojlantirish bo‘yicha yangi dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Bunda yangi yo‘nalishlarni o‘zlashtirish orqali tarmoqni diversifikatsiya qilish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida ahamiyat qaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ayrim onlayn-platformalarga O‘zbekiston hududida kirish tezligi sud qarori asosida pasaytirilishi mumkin
O‘zbekiston | 12:00
-
Hafta davomida havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 11:50
-
Farg‘onada Singapur ishtirokida muqobil energiya manbalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 11:45
-
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi
Jahon | 11:30
Mavzuga oid

07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

15:46 / 09.05.2025
Foto: Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi harbiy paradda ishtirok etdi

19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

16:33 / 08.05.2025