Xorijdan Özbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar uçun notijorat maqsadlarda tovar olib kiriş limitlari pasaytirilyapti. Hukumat qaroriga köra, 1 maydan boşlab samolyotda kelayotganlar hozirgidek 2000 dollar emas, 1000 dollargaça bölgan tovarlarni bojsiz olib kirişi mumkin.
Poyezdda keluvçilar uçun esa bojsiz limit 1000 dollardan 500 dollarga tuşirilyapti. Özbekistonga avtomobilda yoki piyoda kirib kelayotganlar uçun 300 dollarlik çeklov özgarişsiz qoladi.
Bojxona qömitasi axborot xizmati kiritilgan özgarişlar yuzasidan muhokamalarga sabab bölayotgan ayrim jihatlarga aniqlik kiritdi.
Fuqarolarning neça kun çet davlatda bölgani qay tartibda aniqlanadi?
Bojxona qömitasiga köra, bugungi kunda fuqarolarning 76 foizi avtomobil çegara bojxona postlari orqali, 20 foizi aeroportlardagi bojxona punktlari orqali, 4 foizi esa temiryöl çegara bojxona postlari orqali harakatlanadi.
“Bojxona organlarining axborot tizimlari boşqa vakolatli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan özaro integratsiya qilingan. Buning natijasida çegara orqali harakatlanayotgan fuqaroning çet davlatda bölgan muddatini real vaqt rejimida aniqlaş imkoniyati mavjud. Uşbu tartib yölovçilarning ortiqça vaqtlarini olişga umuman sabab bölmaydi”, deyiladi qömita xabarida.
Bojsiz tovar olib kiriş uçun Özbekistondan taşqari kamida 2-3 kun böliş töğrisidagi qoida 2025 yil 20 iyuldan kuçga kiradi.
Şaxsiy ehtiyoj uçun olib kirilayotgan tovarlarning qiymati bojsiz olib kiriş normasidan ortiq bölsa, qanday yöl tutiladi?
Qonunçilik talablariga asosan, tovarlarning bojsiz olib kiriş normasidan ortiq bölgan qismiga soddalaştirilgan tartibda import boji, qöşilgan qiymat va aksiz soliqlari örniga bojxona qiymatidan 30 foiz, lekin har bir kg uçun 3 dollardan kam bölmagan miqdorida yagona bojxona tölovi undiriladi.
Masalan, xorijdan uçib kelgan fuqaro tomonidan kiymati 1300 dollar bölgan 12 kg şaxsiy ehtiyoj uçun tovarlar olib kelingan. Bu holatda yölovçining 1000 dollar bojsiz olib kiriş normasi çegirib taşlanadi va qolgan 300 dollar qismiga 30 foiz yoki kilosiga 3 dollardan kam bölmagan yagona bojxona tölovi undiriladi.

















