Markaziy bankda Xitoyning yirik texnologik kompaniyasi Tencent Holdings Ltd tarkibiga kiruvçi Tencent Cloud International delegatsiyasi bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, uçraşuvda Özbekistondagi raqamli texnologiyalar va bulutli infratuzilmani rivojlantiriş borasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Muzokaralar çoğida tomonlar Tencent Holdings Ltd tarkibidagi WeChat Pay raqamli tölov tizimini Özbekistondagi mahalliy tölov tizimlari bilan integratsiya qiliş, QR-kod orqali tölovlarni amalga oşiriş imkoniyatlari hamda uşbu yönalişda özaro hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini körib çiqqan.

«Uçraşuv yakunida tomonlar tölov tizimlari sohasidagi taşabbuslarni qöllab-quvvatlab, kelgusida amalga oşiriladigan işlarni kelişib oldilar», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uçun, Tencent Xitoyning yirik xususiy investitsiya holding kompaniyasi bölib, unga 1998 yilda asos solingan. U nafaqat Xitoyda, balki butun dunyodagi eng yirik investitsiya va vençur kompaniyalaridan biridir. Tencent’ning şu’ba korxonalari yuqori texnologiyali biznesning turli yönalişlari, jumladan, internet xizmatlari, sun’iy intellekt va elektron öyin-kulgi sohasidagi işlanmalarga ixtisoslaşgan.