Xitoy internet gigantlari - Tencent va Alibaba'ning farqi nimada?
|00:43 / 26.07.201812 62415 min
Bir qaraşda Xitoyning yirik konglomeratlari Alibaba va Tencent juda öxşaş. Har ikkisining bozor kapitalizatsiyasi 500 mlrd. atrofida. Alibaba ham, Tencent ham xitoylik kompaniyalarga ham, xorij firmalariga ham faol ravişda sarmoya kiritişyapti. Va nihoyat, har ikkala kompaniya ham ğaroyib qamrovga ega: turli marketpleyslarda Alibaba’ning 552 milliondan ortiq faol foydalanuvçilari bor, Tencent’ning WeChat messenjeri esa yaqinda milliard akkaunt çegarasidan ötdi.
Djyek Ma va Ma Xuateng
Şunga qaramay, Tencent va Alibaba umuman turliça. 1990-yillar oxirida Xitoyda internet paydo böliş arafasida ular uzoq vaqt davomida bir-biridan özib ketişolmadi. Bugun Xitoy bozorining oğir vaznli öyinçilari orasida dunyoning eng tez rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotidagi yetakçilik uçun haqiqiy kuraş ketmoqda.
Kuraş nafaqat texnologik jabhada, balki sözda ham davom etyapti. Tencent rahbari Ma Xuateng va Alibaba direktorlar kengaşi raisi Djyek Ma bir-birini “çaqib oliş” imkoniyatini qöldan boy berişmaydi. 2017 yil dekabr oyida bölib ötgan forumda Xuateng özining uzoq yillik raqibini ziqna yer egasiga qiyoslagan, çunki Alibaba’ning asosiy marketpleysi Taobao mahsulotlarni joylaştirgani uçun sotuvçilardan tölov oladi.
Alibaba istalgan vaqtda tölovlarni oşirişi mumkinligini qayd etdi Tencent rahbari va uning kompaniyasi abonent tölovisiz xaridlarni yuritiş imkonini beradigan markazlaşmagan platformani taklif etişini ham qöşib qöydi.
Bir neça oydan söng Jyek Ma öz javobini bayon qildi. Tencent öz platformasidan pulni ustalik bilan siqadigan kompaniya mavqeiga ega. “Madaniyat jihatidan biz turliçamiz, - dedi Alibaba asosçisi, kompaniyamizning maqsadlari ança yuqori: pul işlaş orqali ezgu xotira qoldirişni istaymiz. Alibaba öz mahsulotlariga qaraganda odamlarga köproq işonadi”.
Kompaniyalar kuraşning oğir usullarini qöllaşlari mumkin va qöllamoqdalar. Alibaba va Tencent bir-birining pulli xizmatlari rivojini heç uyalmasdan sekinlaştirmoqda. Mavjud ma'lumotlarga qaraganda, sarmoyaviy şartnomalarni imzolayotganda bank xodimlariga faqat ular bilan işlaş şartini qöyişmoqda. Köplab kompaniyalar bunday çeklovlar belgilaşiga qaramay, Tencent va Alibaba sarmoya kiritayotgan kompaniyasi faoliyatiga katta ta'sir körsatişi mumkin.
Ştab-kvartiradan tortib aktivlar sotib olişgaça
AlibabaGroup tarixi 1999 yilda Jyek Ma va uning 17 nafar döstlari turar-joy kompleksida özlarining ilk mahsulotlarini yaratişga kirişganlarida boşlangan. Bugun xolding uyni ötmişdagi holatida saqlamoqda. Biroq bundan közlangan maqsad uni muzeyga aylantiriş emas. Buning örniga uyda biznes-inkubator joylaştirilgan bölib, u yerda 40 nafarga yaqin muhandislar faoliyat yuritib, WeChat’ni raqobatga çaqiriş uçun möljallangan DingTalk messenjerini işlab çiqiş bilan şuğullanişmoqda.
Mavzuga oid
«Xupan» turar joy binosi
Dastlab DingTalk va WeChat örtasida tafovut mavjud emasdek tuyuladi: matnli xabarlar, qönğiroqlar, aloqalar bilan almaşiniş. Biroq DingTalkningöziga xosligi Alibaba’ning tijoriy yönalişini aks ettiradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi – “hamma yerda biznes yuritişni osonlaştiriş”. Şuning uçun messenjer muayyan maqsad – kiçik biznesga WeChat funksionalligini beriş, keyin unga mijozlar va bulutli yeçimlar bilan işlaş uçun instrumentlarni boğlaşdan iborat.
U qadar katta bölmagan va örta korxonalarga hamyonbop narsalarni beriş kerak. Ularga yetmayotgan instrumentlar Alibaba’da mavjud.
Kris Vang DingTalk
xalqaro rivojlaniş bölinmasi rahbari
Alibaba yillar davomida tadbirkorlarni biznesda texnologiyalarni qöllaşga örgatib kelgan va hozirda dasturiy ta'minotning bevosita xaridlariga e'tibor qaratmoqda. Mablağining katta qismini bulutli servislarning rivoji uçun sarflab, Alibaba bozordagi asosiy öyinçiga aylandi va sönggi yilda bu yönalişning özidan 2,1 mlrd. dollar işladi. Ikki yil avval kompaniya raqamli hududga hatto oilaviy qahvaxonalarni ham kiritişga umid boğlab, “yangi riteyl” siyosatini yölga qöydi.
Xançjouda kiçik dökonni otasi bilan boşqaradigan Xun An Alibaba dasturining iştirokçisi sifatida nimalarni örganganini faxr bilan namoyiş etmoqda. Unda omborxona hisobi va kameralardan olingan ma'lumotlarni univermagning “qaynoq” zonalari xaritalariga aylantiradigan algoritmlar mavjud.
Xun An
Anning oilaviy faoliyati — onlayndan oflaynga ötiş strategiyasining kiçik bir qismi. AlibabaSuning elektronika dökonlari tarmoği va Sun Art oziq-ovqat supermarketlari uluşlarini qölga kiritdi. Şuningdek, konglomerat Hemanomi ostidagi gastronomlar tarmoğini oçdi. Bundan taşqari, Alibaba bozor yetakçisi Ele.me yetkazib beriş servisini xarid qildi.
Ularning bari boş kompaniyaning bulutli yeçimlaridan foydalanadi, buning uçun Alipay tölov tizimi mijozlar bazasini kengaytiradi. Alibaba Group boş direktori Deniel Çjan şunday deydi: “Diqqatimizni doimo savdoga qaratamiz”.
Savdo xoldingning turli qismlarini bir-biriga yopiştiradigan öziga xos yelim vazifasini bajaradi. AlipayTaobaödagi sotuvçi va xaridor örtasida vositaçi vazifasini bajaradi. Endilikda tölov tizimi, Ant Financial’ning bir qismi Alibaba Group moliyaviy platformasidir.
Bir neça osmonöpar binolarni egallagan Tencent ştab-kvartirasi Şençjenda joylaşgan. 1980 yillarda Xitoyning dastlabki öziga xos iqtisodiy zonalaridan biri maqomiga ega bölgaç, şaharda tez orada zavodlar köpaydi va muhim sanoat markaziga aylandi.
Tencent bozorga 1998 yilda çiqdi, uning ilk mahsuloti ICQ servisidan köçirilgan xabarlar bilan almaşiş servisi QQ böldi. Biroq u özlaştirilgan işlanmalarni keskin rivojlantirişga muvaffaq böldi. QQ mobil öyinlar, qönğiroqlar va platformaning öziga örnatilgan boşqa internet-servislarni taklif etdi. Kompaniya virtual tovarlarni sotiş orqali foyda kördi.
Smartfonlar davri kelişi bilan Tencent öz-özi bilan raqobat qila boşladi – bir neça içki bölinmalar örtasidagi poyga WeChat’ning dunyoga kelişiga sabab böldi (QQ’ni işlab çiqiş uçun mas'ul bölgan guruh mağlub böldi).
Xorijliklar uçun WeChat’ning barça yerda mavjud bölgan qudratini tasavvur etiş muşkul. QR-kodlarni ma'lumotlar bilan almaşiş uçun zamonaviy instrumentga aylantirib, messenjer Xitoy raqamli iqtisodiyotida mustahkam örin egalladi. Milliardlab akkauntlar bunga isbot böladi.
Bundan taşqari, Tencent ham, Alibaba ham texnologiyalar va madaniyatni aql bilan birlaştiradi. Sotsiolog Trişii Vongning fikriga köra, kompaniyalar muvaffaqiyatida öziga xos “madaniy emlaşlar”ning ahamiyati katta. Masalan, 2014 yilda WeChat foydalanuvçilarga virtual “qizil konvert” taklif qildi.
Xitoyda odatda bunday konvertlarda an'anaviy tarzda pul körinişidagi yangi yil sovğalari taqdim etiladi. Funktsiya juda ommalaşdi va ötgan yilning oxirida 800 million foydalanuvçi messenjer tölov tizimini öz bank raqamlariga uladilar. “Endi WeChat Pay hamma joyda işlaydi – maşina töxtaş joylari, bozor va ibodatxonalar, undan hatto köçadagi daydilar ham foydalanmoqda”, - deya maqtandi Ma Xuateng.
Alibaba bir qadam ham orqada qolayotgani yöq va norasmiy “yolğiz odamlar kuni”ni 24 soatlik aqlbovar qilmas savdoga aylantirdi.
2017 yilda sutkalik savdo hajmi 25,3 milliard dollarga yetdi. Bu esa amerikaliklarning beş kun davomida “Minnatdorçilik kuni” bayrami uçun sarflagan körsatkiçdan 6 millard dollarga köproq.
Tencent ham çakana savdolar bozoriga katta umid qilgani bejiz emas. Kompaniya taşabbusi “aqlli riteyl” nomini oldi. WeChat servisidagina mavjud bölgan ikkita funksiya unga asos bölib xizmat qiladi. Birinçisi – rasmiy akkaunt, brendlarga xaridorlarni messenjer orqali topişga yordam beradigan öziga xos çizma.
Ikkinçisi – foydalanuvçilardan qöşimça harakatlarni talab qilmaydigan va işlab çiqiş narxini sezilarli darajada pasaytiradigan platforma içidagi mini-ilovalar. Ularning köpçiligi bepul, bu esa tölovlarni monetizatsiya qilişning asosiy usuliga aylantiradi.
WeChat’dagi mazkur öziga xoslik Xitoydagi çakana savdoni bir zumda egallab oliş imkonini berdi. Statistikaga köra, bir yil davomida çakana savdo körsatkiçi 10,2 foizga oşdi (AQŞda esa ösiş 4,2 foizni taşkil etgan). Bu davr mobaynida messenjerdagi ilovalar soni App Store’dagi dastlabki beş yilgi natijaga qaraganda köproq miqdorga ortdi.
Boş raqib kabi Tencent ham çakana dökon va xizmat yetkazib beruvçilarga köp sarmoya kiritadi. Alibaba’ning internet-savdo sohasidagi eng kuçli, asosiy raqibi JD.com va ovqat yetkazib beriş xizmatida Ele.me’ning Meituan Dianping kompaniya qanoti ostida joylaşgan. Bunda Tencent özining riteylga bölgan qiziqişini Alibaba’ga nisbatan hujum sifatida emas, biznesning mantiqiy kengayişi sifatida izohlamoqda.
Xitoy YaIMning deyarli 45 foizi çakana savdoga töğri keladi. Biz bu natijaga tört yilda erişişga muvaffaq böldik, Alipay’ga buning uçun 10 yil kerak böldi. Haqiqiy raqobat yuzaga keldi.
Devis Lin
Tencent’ni strategik rivojlantiriş bölimi rahbari
Kompaniyalar ança vaqtdan beri bozorning bölagini bir-biridan olib qöyişga harakat qilişmoqda. Xususan, Alibaba öyinli bölinma va ijtimoiy tarmoqni işga tuşirdi, biroq işlanmalar muvaffaqiyatga erişmadi. Tencent internet orqali savdo uçun Paipai platformasini yaratdi, biroq tez orada uni JD.com’ga sotib yubordi.
WeChat’ning tez sur'atdagi ösişi messenjerni ommaviy hodisaga aylantirdi va 2013 yilda Jyek Ma öz xodimlarini oçiqçasiga “pingvinlarni majağlaş” uçun birlaşişga çaqirdi. Pingvin – Tencent ramzi.
Maning WeChat borasidagi qörquvlari bejiz emasdi – “qizil konvertlar” çiqarilganidan keyin kutilmaganda Alipay’da munosib raqib paydo böldi. Statistikadan bari ma'lum: 2014 yilda Alipay tölovlarning 81 foizini qayta işladi, bozorning ön olti martalik ösişiga qaramay, hozirda 54 foiz uning uluşiga töğri keladi. Tranzaksiyalarning 38 foizi WeChat Pay orqali ötadi.
WeChat va Alipay’ningmobil tölovlardagi uluşi
Bugun kompaniyalar bozorning turli segmentlarida raqobatlaşişmoqda: tölov tizimlari va bulutli hisob-kitoblardan tortib, sun'iy ong va soğliqni saqlaşgaça. “Vaqti-vaqti bilan öz-özimga savol beraman: “Alibaba ham şu yerdami? Ba'zida bu odamning asabiga tegadi”, - deya tan oladi MaXuateng.
Agar Tencent rahbariyati biroz jiğibiyron bölgan bölsa, Alibaba rahbarlari juda qizişib ketişdi. Xolding vitse-prezidenti Jozef TsayTencent’ni tamaki kompaniyasi bilan taqqosladi: uning fikriga köra, Tencent yaratgan öyinlar tobelikni yuzaga keltiradi va bolalar salomatligiga yomon ta'sir qiladi.
Uning öğli Tsay 40 foiz uluşi Tencent’ga tegişli bölgan Amerikaning Epic Games tomonidan çiqarilgan Fortnite’ga juda qiziqadi. Şuning uçun raqibning çakana savdo tomonga qarab burilişi bexosdan emas deya şubhalanadi: “Ular kutilmaganda öz işi bilan şuğullanmaganini tuşunişdi”.
Har ikkala kompaniya ham öz platformalarini himoya qilişga tayyor. Foydalanuvçilarni nazoratdan çiqarmaslikka intiliş yölida ulardan har biri ijara uçun velosipedlar va birgalikdagi sayohatlar uçun zamonaviy ilovalarga sarmoya kiritişdi. Tencent va Alibaba göyo ikkita yopiq tizim yaratişdi – WeChat’dan Taobaöga ötiş oson emas. Kremniy vodiysidagi kompaniyalar bir-biri bilan yaqinroq hamkorlik qilişadi.
Juda kam uçraydigan holatlarda konglomeratlar özaro faoliyat yuritişadi. 2013 yilda ular birgalikda ZhongAn onlayn suğurta maydonçasini işga tuşirişdi. Raqobat kompaniya xodimlariga bir-birlarining servisidan foydalanişga xalaqit qilmaydi. Fortune manbasi ma'lumotlariga qaraganda, Tencent’ning köplab xodimlari Taobaödan foydalanadi. Alibaba Group boş direktorining tan olişiça, uning WeChat’da akkaunti bor.
Biroq ikki ulkan kompaniyaning özaro töqnaşuvi ularning investitsion strategiyalarida köproq sezilmoqda. Gonkongdagi Bernstein firmasi tahlilçisi Bxavtoş Vadjpaining quyidagiça hisob-kitob qildi: sönggi uç yilda Alibaba174 ta, Tencent esa 280 ta kelişuvni imzoladi. Kompaniyalarni “xaridga öç” deb nomlab, Vadjpai ular öz harakatlarini nazorat qilişarmikin, degan savol bergan. Axir investitsiyalar soni hisobga olinadigan bölsa, ular qayerdadir adaşib ketişi mumkin.
Kompaniyalar aktivlarni qölga kiritiş masalasiga turliça yondaşişmoqda. Odatda Alibaba özi istagan korxonada katta va nazorat paketini darhol sotib oladi va rahbar lavozimlariga öz odamlarini qöyadi.
Tencent esa aksinça, u qadar katta bölmagan uluşlarni qölga kiritadi, ularni töplab, mö'tadil öyin olib boradi. Nazorat paketi konglomerat tomonidan qölga kiritilganida sobiq rahbariyat öz örnida qoladi. Riot Games va uning League of Legends kompaniyasi bilan aynan şunday bölgan.
Alibaba va Tencent tomonidan qölga kiritilganlar töğrisida ma'lumot
Şunga qaramay, bir narsani yodda tutiş kerak: mahsulotlardan nusxa oliş kompaniya ruhiyatiga singib ketgan. “Köpinça sarmoyador böla turib, Tencent raqibga aylanadi”, - deydi Smule karaoke-ilovasi yaratuvçilaridan biri Jyeff Smit. Xitoy xoldingi bilan hamkorlik qiliş orqali uning kontentni taqsimlaş tizimiga kiriş imkonini qölga kiritdi. Tencent esa öz navbatida Smule’dagi işlanmalar va odamlarni diqqat bilan kuzatyapti.
Sarmoyalar bilan işlaş kompaniyalarning xalqaro körinişini şakllantiradi. Tencent va Alibaba bir-biri bilan yana töqnaşmoqda – ularning har ikkisi Janubiy-şarqiy Osiyoda işlaşni maqsad qilgan. Hozirning özidayoq Tencent Singapurning SEA internet-kompaniyasining 34 foiziga egalik qiladi. Ma'lumotlarga qaraganda, boşqa yirik sarmoyalarga tayyorlanmoqda. Alibaba öz maqsadlariga sodiq qolgan holda ikki milliard foydalanuvçiga xizmat körsatiş istagida. Buning uçun janubi-şarqqa qarab kengayiş ilk qadam bölib xizmat qiladi.
Bu mintaqaning iqtisodiyoti Xitoynikiga juda öxşaş. U yerda an'anaviy sanoat mavjud emas, deya fikr yuritadi Jozef Tsay, - yoş aholi, mobil telefonlar kirib borişining yuqori darajasi va çakana savdo sektorining kuçsiz rivojlanganiga işora etgan holda. Kim biladi, balki poyga endi boşlanayotgandir.