Xitoyning Tencent internet-korporatsiyasining eng yirik aksiyadori hisoblangan Prosus investitsion jamğarmasi kompaniyaning 14,7 mlrd dollarlik aksiyalarini sotganini e'lon qildi.
Niderland jamğarmasi Xitoy kompaniyasining 192 mln.dona aksiyasini sotgan, bu esa kompaniya umumiy aksiyalarining 2 foizini taşkil qiladi. Şundan keyin Prosus’ning Tencent’dagi uluşi 30,9 foizdan 28,9 foizgaça qisqargan, biroq u kompaniyaning eng yirik aksiyadori bölib qoldi. Tencent’ning jamğarmaga tegişli uluşi 239 mlrd dollarga baholanadi. Investitsion jamğarma yaqin 3 yil içida Tencent aksiyalarini boşqa sotmaslikka va'da bergan.
Prosus 2019 yilda taşkil etilgan va unga JARning Naspers holdingiga qaraşli xorijiy internet-aktivlar birlaştirilgan. Naspers onlayn-tölovlar, internetdagi savdo platformalari, taom va tovarlar yetkazuvçi onlayn-servislar, ijtimoiy tarmoqlarga ixtisoslaşgan köplab kompaniyalarda uluşlarga ega. Naspers Xitoy kompaniyasiga 2001 yilda 32 mln dollar sarmoya kiritgan.
Prosus’ning naqd pul zaxiralari Tencent aksiyalarini sotganidan keyin deyarli 4 marotaba oşadi. Jamğarma 2020 yil sentyabrida 4,6 mlrd dollarga ega bölgan.
Jamğarma aksiyalarni sotişdan olgan mablağni yangi internet-korporatsiyalarga sarmoya qilmoqçi. Ta'kidlanişiça, mablağlar Hindistonning onlayn-savdo tarmoğiga yönaltirilişi mumkin.
















