20 aprel kuni Dubayda Özbekistonning önlab fuqarolari iştirokida piçoqbozlik sodir bölgani haqida videolar tarqaldi. BAA tomoni uşbu iş doirasida 15 nafar Özbekiston fuqarosi qölga olinganini bildirdi. Taşqi işlar vazirligi sönggi vaqtlarda Özbekiston fuqarolari sodir etayotgan qonunbuzarlik holatlari köpayayotgani vizasiz tartibga ta’sir körsatişi mumkinligidan ogohlantirdi.

Joriy yil 20 aprel kuni BAAning Dubay şahrida Özbekiston fuqarolaridan taşkil topgan ikki jinoiy guruh örtasida töqnaşuv sodir böldi. Bu haqda tarqalgan xabarlarda mojaro piçoqbozlik bilan yakunlangani, natijada guruhlardan birining yetakçisi voqea joyida halok bölgani aytiladi.

Xabarlarda uşbu jinoiy guruh a’zolari 2023 yil dekabrida Özbekistonda «köça»ga nisbatan bölib ötgan tadbirlar fonida mamlakatni tark etib, Turkiya va BAAda qönim topgan.

Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonovning ma’lum qilişiça, BAAda Özbekiston fuqarolari bilan boğliq holat yuzasidan diplomatlar Dubay jinoyat qidiruv boşqarmasi rahbariyati bilan uçraşuv ötkazgan.

«BAA tomoni mazkur holat böyiça tergov harakatlari olib borilayotganini, 15 nafar Özbekiston fuqarosi qölga olinganini ma’lum qildi. Şuningdek, sönggi vaqtlarda Özbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari köpayayotgani ikki davlat örtasidagi vizasiz tartibga ta’sir körsatişi mumkinligi ta’kidlandi», deyiladi TIV bayonotida.

Şuningdek, taşqi işlar vazirligi mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda iş olib borayotganini hamda yurtdoşlarni nomaqbul harakatlardan tiyilişga çaqirgan.

«Özbekiston fuqarolarini xorijda yurtdoşlarimiz şa’niga doğ tuşiruvçi harakatlardan tiyilişga çaqiramiz».

Taşqi işlar vazirligi öz bayonotida 20 aprel kuni sodir bölgan hodisa tafsilotlariga töxtalmagan, şuningdek vafot etgan yoki jarohatlangan fuqarolar haqida ma’lumot bermagan.

Özbekistonliklarning BAAga kirişdagi muammolari

Kun.uz'ga kelib tuşgan murojaatlarga köra, Özbekiston fuqarolarini heç qanday sababsiz BAA hududiga kiritmaslik holatlari yana uçramoqda. Xususan, bugun, 25 aprel kuni Saudiya Arabistonidan Özbekistonga BAA orqali qaytayotgan 9 kişi muammoga duç kelgan.

25 aprel kuni Özbekiston fuqarosi Abdulvohid Abdulhamidov Wizz Air orqali Madinadan Dubayga çipta olgan. Fuqaroning 26 aprel kuni Abu-Dabidan Toşkentga ham çiptasi bölgan. Şunga qaramay, uni Madina aeroportida samolyotga qöyişmagan. Uning ta’kidlaşiça, Madina aeroportida Özbekistonning yana 8 nafar fuqarosi ham Dubay reysiga qöyilmagan.

Aslida Özbekiston fuqarolarining BAAga kirişi boğliq muammolar 2024 yil noyabr oyida amirlik hududida Isroil va Moldova fuqarosi, ravvin Tsvi Kogan öldirilişi ortidan boşlangandi. BAA sudi uşbu jinoyatda Özbekistonning 3 nafar fuqarosini aybdor, deb topib ölim jazosiga hukm qildi. 

Uşbu holat ortidan Özbekiston fuqarolarining BAAga kirişi, mehnat faoliyati va viza olişida köplab muammolar boşlangan. Xususan, ötgan yili 25 noyabr kuni Özbekistonning Dubayda mehnat qilayotgan bir guruh fuqarolari politsiya tomonidan olib ketilgandi. Keyinroq ularning ayrimlari qöyib yuborilgani, ayrimlari deportatsiya qilingani hamda yana 5 kişiga nisbatan jinoiy iş oçilgani ma’lum böldi. Ötgan yilning özida BAA aeroportlarida esa bir neça reyslarda önlab özbekistonlik erkaklar amirlikka kiritilmay, qaytarib yuborilgan holat kuzatilgandi.