Strategik islohotlar agentligida elektron tölovlar uluşini oşiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar rejasini tayyorlaş doirasida moliyaviy sektor vakillari bilan uçraşuv taşkil etildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Navbatdagi uçraşuvda yetakçi tölov taşkilotlari — Click asosçisi va boş direktori Uluğbek Rustamov, OSON yuridik direktori Dilşod Keldiyarov va Paynet boş direktori Anvar Isamuhamedov iştirok etdi.

Muloqotda elektron tölovlarning boşqa hisob-kitob şakllariga nisbatan raqobatbardoşligiga ta’sir qiluvçi omillar, şuningdek, elektron tölovlarni qabul qiliş majburiy bölişi lozim bölgan sohalar röyxatini kengaytiriş zarurligi muhokama qilindi.

Tölov taşkilotlari vakillari avtoturargohlar va bozorlarda patent tölovlarini yiğiş kabi ayrim sohalarda hanuzgaça naqd tölovlar ustunligini qayd etdi. Bu sohalarni elektron tölovlarni qabul qiliş majburiy bölgan yönalişlar röyxatiga kiritiş taklifi ilgari surildi.

Şuningdek, temiryöl çiptalari savdosi, kommunal xizmatlar tölovi va marketpleyslar orqali xaridlar böyiça 100 foiz naqdsiz hisob-kitob tizimiga ötiş taşabbusi muhokama qilindi.

Ma’lum qilinişiça, Strategik islohotlar agentligi elektron tölovlar uluşini oşiriş, zamonaviy va qulay tölov infratuzilmasini yaratişga qaratilgan prezident qarori loyihasini tayyorlayapti. Buning uçun agentlik biznes, IT sohasi vakillari va ekspertlar bilan muloqotlar ötkazmoqda.