Şanba kuni Eron janubidagi Bandar-Abbos şahri hududidagi Şahid-Rajoiy portida kuçli portlaş röy berdi. Sönggi ma’lumotlarga köra, hodisa oqibatida 28 kişi halok bölgan, 1139 kişi turli darajada tan jarohati olgan.

IRNA xabariga köra, yana olti kişi bedarak yöqolgan, deb hisoblanmoqda, yaralanganlarning köpçiligi oğir ahvolda.

Portlaş sabablari töğrisida hozirça rasmiy ma’lumot berilmadi, ammo bu Ömonda AQŞ va Eron örtasida yadro dasturi böyiça muzokaralarning uçinçi raundi boşlanişi ortidan röy berdi.

«Hodisaga Şahid-Rajoiy porti bandargohi hududida saqlanayotgan bir neçta konteynerlar portlaşi sabab bölgan. Hozirda evakuatsiya işlarini olib boryapmiz va yaradorlarni tibbiyot markazlariga olib ketyapmiz», – dedi favqulodda vaziyatlar boşqarmasining hududdagi vakili davlat televideniyesiga.

Yonğin öçirilguniga qadar port faoliyati töxtatilgan va portda işçilar soni köp bölgani hisobga olinsa, «katta ehtimol bilan, köplab işçilar hodisa oqibatida yaralangan va halok bölgan, deyiladi agentlik xabarida.

Mahalliy naşrlarga köra, portlaş oqibatida bir neça kilometr radiusdagi binolarning derazalari sinib ketgan, internetda tarqalgan kadrlarda portlaşdan keyin osmonda qöziqorin şaklidagi bulut hosil bölganini köriş mumkin.

Eron soğliqni saqlaş vazirligi Hörmuzgon viloyatida favqulodda holat rejimi e’lon qilib, aholidan uylarda qoliş va derazalarni tambalab, niqob taqib yuriş söralgan.

Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon portlaş böyiça tekşiruv borişini nazorat qiliş uçun mamlakat içki işlar vaziri uşbu hududga yuborilganini ma’lum qilgan. U portlaş oqibatida halok bölganlar uçun «çuqur hamdardlik» izhor etgan.

Bandar-Abbosdagi Şahid-Rajoiy portidagi yonğinni öçiriş jarayoni
Razieh Pudat / ISNA / AP / Scanpix / LETA

Yonğinni öçiriş işlarida samolyotlardan foydalanilmoqda