Angliya: «Siti»ning omadi keldi

Angliya kubogi. Yarimfinal
«Nottinghem Forest» – «Manchester Siti» 0:2
Gollar: Lyuis 2, Gvardiol 51.
«Nottinghem Forest»: Sels, Ebbott (Sosa 83), Milenkovich, Murillo, Toffolo, Gibbs-Uayt, Dominges (Jota Silva 82), Danilu (Elanga 46), Anderson (Sangare 71), Vud (Avoniyi 71), Hadson-Odoi.
«Manchester Siti»: Ortega, Nunes, Diash, Gvardiol, O'Rayli, Kovachich (Niko 89), Lyuis, Savinio (Foden 81), Silva, Grilish (Gundo‘g‘an 71), Marmush (Doku 81).
Ogohlantirishlar: Gibbs-Uayt 65, Sosa 90+3 – Grilish 55, O'Rayli 78, Ortega 87.

Angliya Kubogining ikkinchi yarimfinal o‘yini «Nottinghem» uchun maksimal darajada noqulay ssenariyda boshlandi. Ma’lumki, «o‘rmonchilar» uchun ideal variant — hisobni ochib olish bo‘ladi. Ammo «Uembli»da 2-daqiqadayoq «Manchester Siti» hisobda oldinga chiqib oldi – 20 yoshli himoyachi Riko Lyuis hujumni jarima maydoni chizig‘idan yo‘llagan kuchli zarbasi bilan yakunlandi. «Forest» darvozaboni Sels – APLning bu mavsumida «quruq» o‘yinlar soni bo‘yicha yetakchi, ammo bu holatda unda jamoasini qutqarish imkoniyati umuman yo‘q edi.

«Siti» ishonchli o‘ynashda davom etdi, jamoaning boshqa bir 20 yoshli tarbiyalanuvchisi O'Rayli esa bir necha holatda Zidanning fintini ishlatishga o‘zida jur’at topdi, uning xavfli zarbasi ustun yonginasidan o‘tib ketdi. Birinchi bo‘limda nominal mezbonlar vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi, «Forest»da esa umuman yo‘q edi – birinchi bo‘limda birorta ham zarba berilmadi. Ikkinchi bo‘lim esa «Forest»ning chinakamiga xavfli vaziyati bilan boshlandi. Ammo Elanga qanotdan oshirilgan to‘pni qulay vaziyatda turib to‘g‘ri tepa olmadi.

«Siti» uchun bu epizod ogohlik qo‘ng‘irog‘i edi. 50-daqiqada «shaharliklar» bir necha to‘lqinda davom etgan, uzoq cho‘zilgan hujum uyushtirdi. Qaytarilgan to‘pga birinchi bo‘lib Kovachich yetib keldi, u darhol zarba berdi, ammo to‘p «Forest» himoyachisi qo‘liga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Bu penalti bo‘lib ko‘ringandi, ammo hakam vaziyatni e’tiborsiz qoldirdi, VAR ham aralashmadi. «Siti»ga esa burchak zarbasi ham yetarli bo‘ldi, Gvardiol barchadan baland sakrab, bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi – 2:0.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida «Forest»da gol urish uchun bir necha vaziyat yuzaga keldi, ammo Gibbs-Uaytning to‘rt daqiqa ichida yo‘llagan ikki zarbasi darvoza to‘sini va ustuniga tegdi. Ko‘p o‘tmay Avoniyining zarbasi ham o‘sha ustunga bordi.