Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, festivalning asosiy tadbirlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida tashkil qilinadi.
Gullar festivali munosabati bilan 29 apreldan 3 maygacha quyidagi hududlarda transport vositalari harakati cheklanadi:
— Zarafshon ko‘chasining Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
— Istiqlol ko‘chasining Amir Temur va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
— Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi.
Ko‘rsatilgan davr ichida muqobil yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilingan.








