Isroilda 30 aprel kuni boşlangan örmon yonğinlari tufayli markaziy va janubiy tumanlar aholisi evakuatsiya qilinmoqda. El’ad şahrining şarqiy qismiga tahdid solayotgan yonğinlar tufayli qisman evakuatsiya amalga oşirildi. Quddus yaqinida esa bir qança yonğinlar kuzatilmoqda.

Mamlakatdagi yöllarning bir qismi yopildi. Ular orasida Tel-Aviv va Quddusni boğlab turuvçi Şosse 1 — Isroilning asosiy avtomagistrali ham bor. Öt öçiruvçilar va qutqaruvçilar haydovçilarni evakuatsiya qildi. Şuningdek, ayrimlar maşinalarni yöl böyiga taşlab, olovdan qoçmoqda. Isroil temiryöllari Ben-Gurion aeroportidan Quddus va Aşdodga, şuningdek, Quddus va Modi’in örtasidagi poezdlar qatnovini töxtatgan.

Isroil milliy tibbiyot xizmati yonğin oqibatida Quddusning toğli hududlaridan kamida 13 kişi şifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. Ular orasida ikki nafar homilador ayol va ikki çaqaloq ham bor. Jabrlanganlarning asosiy qismi kuygan yoki is gazidan zaharlangan. Yana 10 kişi tez yordam xizmati şifokorlariga murojaat qilgan, biroq ular şifoxonaga yotqizilmagan.

Yonğinlarni öçirişga 119 ta öt öçiriş brigadasi, 10 ta samolyot va vertolyot jalb etilgan. Olovga qarşi kuraşda, şuningdek, politsiya, harbiylar va volontyorlar ham iştirok etmoqda. Isroil hukumati kamida oltita davlat — Gretsiya, Bolgariya, Xorvatiya, Italiya va Kiprdan yordam söragan. Yordam kuçlari 1 may kuni yetib kelişi kutilmoqda. Şuningdek, boşqa davlatlardan ham yordam oliş imkoniyati muhokama qilinmoqda. Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu yonğin bölayotgan hududlarga yöl olgan. Butun mamlakat böylab Mustaqillik kuni munosabati bilan ötkaziladigan tadbirlar bekor qilindi.

Quddus yonğin-qutqaruv xizmati rahbari Şmulik Fridmanning ma’lum qilişiça, bu Isroil tarixidagi eng yirik yonğinga aylanişi mumkin. Uning sözlariga köra, Mesilat-Tsion hududidan boşlangan yonğin şamol sabab ğarbga tarqalgan, keyin esa yönalişini özgartirgan va şarq tomon yoyilişni boşlagan. Öt öçiruvçilar keçasi şamol tezligi soniyasiga 25-28 metrga yetişini kutmoqda. Issiq ob-havo şaroiti ham vaziyatni qiyinlaştiryapti.