Özbekiston taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov uşbu ma’lumotni Kun.uzʼga tasdiqladi. Uning ma’lum qilişiça, sammit tomonlarning özaro kelişuviga binoan keyingi muddatlarga qoldirildi.

«Tomonlar yangi sanani özaro maslahatlaşuvlar asosida belgilaş böyiça işlamoqda. Sammitning ötkaziliş sanasi va boşqa tafsilotlar haqida qöşimça ravişda ma’lumot beriladi.

Mazkur hamkorlik formati doirasidagi muloqot va şeriklikni mustahkamlaş böyiça sa’y-harakatlar davom ettiriladi», deyiladi TIV bayonotida.

Joriy yil 16 aprel kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuvaytda «Markaziy Osiyo – Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi» Strategik muloqoti taşqi işlar vazirlarining uçinçi uçraşuvida qatnaşgan edi.

Uçraşuvda Samarqand şahrida 5 may kuni yuqori darajadagi sammit bölib ötişi ma’lum qilingandi.