Murodjon Ahmadaliyev va Naoya Inoue jang böyiça kelişuvga erişdi. Jang 14 sentabr kuni Yaponiya poytaxti Tokioda bölib ötadi.

Matchroom boxing rahbari Eddi Hirn Instagram sahifasida Murodjon Ahmadaliyev bilan birga tuşgan suratini joylaştirib, Inouega qarşi jang böyiça kelişuv amalga oşganini ma’lum qildi.

«Muzokaralar yakunlandi. Özbek kuçiga qarşi Monstr! Diviziondagi eng zör jang», deb yozdi u.

Naoya Inoue 5 mayga ötar keçasi Las-Vegasda amerikalik boksçi Ramon Kardenas bilan ringga çiqadi. Ğalaba qozongan taqdirda sentabrda öz kamarlarini Murodjon Ahmadaliyevdan himoya qiladi.

Professional boksning yarimengil vazn toifasida sobiq jahon çempioni, 30 yoşli Murodjon Ahmadaliyev (12-1, 9 KO) 2024 yil dekabrida meksikalik 27 yoşli Rikardo Espinosa Frankoni 3-raunddayoq nokautga uçratgandi. Jangdan keyin u mutlaq çempion Naoi Inoueni jangga çaqirgandi.

32 yoşli Naoya Inoue (29-0, 26 KO) super vazn toifasida amaldagi mutlaq jahon çempioni, törtta vazn toifasini zabt etişga muvaffaq bölgan va heç qaçon mağlub bölmagan boksçi hisoblanadi. Yaponiyalik boksçi Jahon boks kengaşi (WBC), Butunjahon boks taşkiloti (WBO), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) va Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) çempionlik unvonlariga ega.