Yevropa kengaşi vazirlar qömitasi Rossiyaning Ukrainaga bölgan tajovuzi jinoyati böyiça maxsus tribunal yaratiş jarayonini rasman boşladi. Tegişli qaror 14 may, çorşanba kuni Lyuksemburgda bölib ötgan yiğilişda qabul qilindi, deb xabar berdi Yevropa kengaşi matbuot xizmati.
Qömita yiğilişida Kiyevning rasmiy vakillari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning şunday tribunal taşkil etiş söralgan maktubini topşirdi. Murojaat Yevropa kengaşi boş kotibi Alen Berse va Lyuksemburg taşqi işlar vaziri Ksave Bettel tomonidan qabul qilingan. Bersega maxsus tribunal yaratiş jarayoniga rahbarlik qiliş topşirilgan.
Jarayonga yaqin DW manbalariga köra, rasmiy protseduralar 2025 yil oxiri yoki 2026 yil boşida yakunlanişi mumkin.
Avvalroq ma’lum bölişiça, 40 ga yaqin davlat, Yevrokomissiya, YeI taşqi işlar xizmati va Yevropa kengaşidan iborat maxsus tribunal taşkil etiş böyiça asosiy guruh uşbu xalqaro sudni yaratiş texnik loyihasi ustida işlarni yakunlagan. Loyiha uçta asosiy hujjatdan iborat: Ukraina va Yevropa kengaşi örtasida tribunalni şakllantiriş töğrisidagi ikki tomonlama kelişuv matni, uning nizomi va rasmiy ravişda «kengaytirilgan qisman kelişuv» deb ataladigan tribunalni boşqariş böyiça bitim.













