Xitoy tomonidan nodir elementlar eksportiga qöyilgan çeklovlar sabab butun dunyoda elektromobillar işlab çiqariş jarayonlari xavf ostida qoldi, deb xabar beradi Automobilwoche naşri.
Qayd etilişiça, uşbu elementlar — elektromotorlarda işlatiladigan doimiy magnitlar işlab çiqarişda muhim material hisoblanadi.
Doimiy magnit böyiça global işlab çiqariş bozorining 90 foizini va qayta işlanadigan nodir metallarning deyarli barçasini nazorat qiladigan Xitoy eksportni bir oydan oşiq muddatga töxtatib qöygan. Bunga AQŞ bilan savdo munosabatlari keskinlaşgani sabab bölmoqda.
Ekspertlarning ta’kidlaşiça, Yevropa va Amerika kompaniyalari 4-6 haftalik zaxiralarga ega, ammo tayyor modullar yetişmovçiligi hozirdan kuzatilmoqda. Yetkazib berişlar qayta tiklanmasa, elektromobil işlab çiqariş iyun örtalariga borib töxtatilişi mumkin.
Tahlilçilarning fikriça, uşbu inqiroz 2021-2022 yilda kuzatilgan çiplar defitsitidan ham kuçliroq zarar yetkazişi mumkin, çunki u Yevropa faol ravişda rivojlantirayotgan elektromobil infratuzilmasiga katta ta’sir körsatadi.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Trampning Xitoy bilan muzokaralar asosida özaro tarif stavkalarini özgartiriş töğrisidagi farmoniga köra, Qöşma Ştatlar Xitoy eksporti uçun tariflarni 120 foizdan 54 foizga özgartirgani töğrisida xabar berilgandi.

















