Özbekistonda göşt narxlarining oşişiga qöşni davlatlardagi eksport çeklovlari ham ta’sir qilgan. Bu haqda Markaziy bankning «Pul-kredit siyosati şarhi»da keltirib ötilgan.
«Qöşni mamlakatlardagi göşt eksportiga qöyilgan çeklovlar natijasida göşt taklifi kamayişi, şuningdek, import narxlari oşgani içki narxlar ham özgarişiga sabab böldi. Mart oyida göşt mahsulotlari narxi 6,1 foizga ösib, yillik hisobda 21,6 foizga yetdi», deyiladi MB şarhida.
Özbekistonga göşt importi
Bojxona qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yilning yanvar-aprel oylarida Özbekistonga 197 mln dollarlik göşt mahsuloti import qilingan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan (118,5 mln dollar) 66 foizga köp.

Hisobot davrida Özbekistonga 156,2 mln dollarlik 38,3 ming tonna qoramol göşti olib kirilgan. Bunda 1 kg göştning örtaça bahosi 4,07 dollarni taşkil etgan. Taqqoslaş uçun, ötgan yilning mos davrida bu körsatkiç 3,89 dollarga teng bölgan.
Ozuqa narxi ham keskin qimmatlaşgan
Qişloq xöjaligi vazirligi 2025 yilning I çoragida göşt narxining oşişiga ta’sir qilgan omillardan biri sifatida yem-ozuqa, elektr energiyasi va yoqilği–moylaş materiallari ham qimmatlaşganini keltirib ötgandi.
«Çorvaçilikda göşt yetiştiriş uçun kuçli ozuqaga bölgan talab yuqoriligi, ozuqa yetiştiriş uçun yer maydonlari yetişmasligi tufayli çorva mollarining ozuqa bilan ta’minlaniş darajasining 35-40 foizini taşkil etmoqda. 2024 yil oktyabr oyidagi narxlar bilan soliştirilganda, bugungi kunda şrot narxi 3 ming sömdan 7 ming sömga, şeluxa 2 800 sömdan 4 ming sömga, omuxta yem 2 900 sömdan 3 700 sömga, buğdoy 2 200 ming sömdan 3 500 ming sömga, makkajöxori silosi 500 sömdan 900-1 000 sömga, somon 15 ming sömdan 25 ming sömga, beda esa 25 ming sömdan 45 ming sömga oşgan. Ozuqa xarajatlari, mehnatga haq tölaş va elektr energiyasi xarajatlarining oşişi ham göşt tannarxiga bevosita ta’sir körsatayotganini alohida ta’kidlaş zarur», deyiladi Qişloq xöjaligi vazirligi izohida.

















