Qişloq xöjaligi vazirligi Özbekistonda göşt narxining oşib ketgani yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Vazirlikka köra, quyidagi omillar narxlarga qimmatlaşişiga sabab bölgan.
Birinçidan, dunyoda göşt işlab çiqariş hajmi sekinlaşyapti.
Ikkinçidan, yirik import qiluvçi davlatlarda talab yuqori. Bundan taşqari, ozuqa xomaşyosi va transport xarajatlarining ortişi ham narxlarga ta’sir körsatgan.
«Masalan, Rossiyada tovuq göşti narxi yil boşidan buyon 9,7 foizga, Qozoğistonda esa 4,7 foizga oşgan. Umuman olganda, Özbekistonda göşt narxi mintaqaviy tendensiyalar doirasida saqlanmoqda va global bozor tebranişlariga nisbatan barqarorlikni namoyon qilmoqda», deyiladi bayonotda.
Vazirlik bozorlarning arzonlaştirilgan rastalarida 1 kg mol va qöy göşti örtaça 65–75 ming sömdan, savdo rastalarida 90–95 ming sömdan, savdo markazlarida 95–100 ming sömdan sotilayotganini qayd etgan.
Toşkent şahridagi arzonlaştirilgan rastalarda 65−75 ming sömlik göştni xaridorlarning 15−18 foizi, 90−95 ming sömlik «rözğorbop göşt»ni 82−85 foizi, 110−130 ming sömlik suyaksiz (lahm) göştni esa atigi 1−2 foizi sotib oladi.
«Toşkent şahridagi arzonlaştirilgan rastalarda 65–75 ming sömlik göştni xaridorlarning 15–18 foizini, 90–95 ming sömlik rözğorbop göşt esa 82–85 foizini, 110–130 ming sömlik suyaksiz (lahm) göşt atigi 1–2 foizini taşkil etadi», deyiladi bayonotda.
Şuningdek, vazirlik Özbekistondagi narxlarni ayrim davlatlar bilan ham taqqoslagan.
«Rossiyada 1 kg mol göşti 10-12, Belarusda 6-8, Qozoğistonda 7-11, Tojikistonda 8-10, Gruziyada 9,5-12, Ozarboyjonda 9,5-12,5, Turkiyada 12-14 dollar, şuningdek, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar Şvetsiyada 46,2, Islandiyada 38,86, Janubiy Koreyada esa 28 dollar atrofida sotilyapti. Bundan körinib turibdiki, Özbekiston dunyoning göşt eng arzon sotiladigan davlatlari qatorida bölib, Markaziy Osiyo mamlakatlari içida Qirğizistondan keyingi ikkinçi örinni egallaydi», deya qayd etiladi rasmiy munosabatda.
Şuningdek, 2025 yilning I çoragida göşt narxiga ta’sir qiluvçi yem—ozuqa, elektr energiyasi va yoqilği–moylaş materiallarining ham qimmatlaşgani keltirib ötilgan.
«Çorvaçilikda göşt yetiştiriş uçun kuçli ozuqaga bölgan talab yuqoriligi, ozuqa yetiştiriş uçun yer maydonlarining yetişmasligi tufayli çorva mollarining ozuqa bilan ta’minlaniş darajasining 35-40 foizini taşkil etmoqda. 2024 yil oktabr oyidagi narxlar bilan soliştirilganda, bugungi kunda şrot narxi 3 ming sömdan 7 ming sömga, şeluxa 2 800 sömdan 4 ming sömga, omuxta yem 2 900 sömdan 3 700 sömga, buğdoy 2 200 ming sömdan 3 500 ming sömga, makkajöxori silosi 500 sömdan 900-1 000 sömga, somon 15 ming sömdan 25 ming sömga, beda esa 25 ming sömdan 45 ming sömga oşgan. Ozuqa xarajatlari, mehnatga haq tölaş va elektr energiyasi xarajatlarining oşişi ham göşt tannarxiga bevosita ta’sir körsatayotganini alohida ta’kidlaş zarur», deyiladi Qişloq xöjaligi vazirligi izohida.

















