Muzokaralarda Özbekiston-Vengriya strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari körib çiqildi. Amaliy hamkorlik barça yönalişlarda izçil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlar, hukumatlar, idora va hududlar darajasida samarali aloqalar yölga qöyilgan. BMT, Turkiy davlatlar taşkiloti va boşqa xalqaro tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlik qilinmoqda.

Özaro savdo hajmi ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yetakçi korxonalarning kooperatsiyasi kuçaymoqda. Tovar ayirboşlaş hajmini, şu jumladan import örnini bosiş va "GSP+" maqomi hisobiga birinçi bosqiçda 500 million yevroga yetkaziş muhimligi qayd etildi.

Şu maqsadda laboratoriyalar Yevropa Ittifoqi talablariga muvofiq akkreditatsiyadan ötkaziladi, tovarlarni oldindan sertifikatlaş dasturi va eksport qiluvçi kompaniyalarga kömaklaşiş böyiça qöşma platforma işga tuşiriladi. Bugungi kunda qöşma investitsiya loyihalari portfeli 500 million dollarni taşkil etadi. Bu galgi taşrif uçun yana 1,5 milliard yevrolik yangi loyihalar tayyorlangan.

Vengriyaning “OTP” banki Özbekiston moliya bozoriga çiqqani Vengriya va Yevropa biznesi uçun kuçli rağbat bölgani ta’kidlandi. Bank bilan moliyalaştiriş vositalarini kengaytiriş böyiça kelişuvga erişildi. Avtokreditlaşni rivojlantiriş uçun qöşma kompaniya taşkil etiş va biznesni qöllab-quvvatlaş dasturini işga tuşiriş şular jumlasidan. Sirdaryo viloyatida parrandaçilik klasterini taşkil etiş ham faol bosqiçda.

Ertalab işbilarmon doiralar vakillari bilan bölib ötgan uçraşuvda transport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, avtomobil yöllari va logistika markazlarini quriş, kommunal tarmoqlarni rivojlantiriş, tayyor töqimaçilik mahsulotlari, quriliş materiallari, kimyoviy tovarlar, farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqariş, raqamli texnologiyalar, baliqçilik kabi sohalarda yangi loyihalarni amalga oşiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.

Bunday işlab çiqarişlarni Özbekistonda joylaştiriş uçun Vengriyaning "Inpark" operatori boşqaruvida Yevropa kompaniyalari uçun maxsus sanoat zonasi taşkil etilayotgani ta’kidlandi.