Massaçusets okrug sudi Donald Trampga AQŞ Ta’lim vazirligi faoliyatini töliq tiklaş majburiyatini yukladi, deb xabar beradi CNBC.
«Departament öz funksiya va majburiyatlarini, şuningdek, Kongress tomonidan belgilangan boşqa qonunçilik aktlarini bajariş imkoniyatiga ega bölişi kerak», — deyiladi federal sudya Men Çjunning qarorida.
Şunday qilib, prezident ma’muriyati vazirlikning 1,3 mingdan ortiq xodimini lavozimga tiklaşi kerak böladi.
Donald Tramp 20 mart kuni Ta’lim vazirligini qisqartiriş jarayonini boşlaşga oid farmonni imzolagan edi. Unda ta’lim vaziri Linda Makmahonga «Ta’lim vazirligining yopilişini ta’minlaş va ta’lim sohasidagi vakolatlarni ştatlarga qaytariş böyiça barça zarur çoralarni köriş» topşirilgan. Farmon imzolanganidan bir neça kun ötib, öqituvçilar kasaba uyuşmalari va huquq himoyaçilari prezident ma’muriyati ustidan sudga şikoyat kiritgan.
Da’voga köra, iş örinlarining bunday qisqartirilişi ta’lim vazirligini butunlay falajlaydi, oqibatda departament öz funksiyalarini bajarolmay qoladi. Bu esa AQŞ konstitutsiyasiga zid, Kongress vakolatlari çeklanmoqda.
«Çunki vazir Makmahonga qonuniy funksiyalarni yöq qiliş yoki buzişga ruxsat berilmagan, u qonun bilan belgilangan ruxsatdan taşqari vazirlikning mas’uliyatini boşqa agentlik yoki taşkilotga ötkaza olmaydi», — deyilgan edi arizada.
Tramp vazirlikni yopiş qarorini davlat xarajatlarini qisqartiriş dasturi doirasida qabul qilgan. U şuningdek, AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi kabi boşqa taşkilotlar ham yopilişini aytgan. Ammo bu uning vazirlik darajasidagi idorani yopiş yölidagi birinçi urinişi hisoblanadi.

















