Mart oyida AQŞ prezidenti federal Ta’lim vazirligini tugatişni nazarda tutuvçi farmonni imzolagan edi. Tramp vazirlikni Amerikaning yomon akademik körsatkiçlarida aybladi va ştatlar yaxşiroq iş qilişi mumkinligini aytdi.
Farmonga köra, maktab siyosati deyarli butunlay ştatlar va mahalliy kengaşlar qölida qoladi. Vazirlikning töliq yopilişi uçun Kongress akti talab qilinadi va Tramp buni amalga oşiriş uçun ovozga ega emas.
Massaçusets ştatining Boston şahridagi AQŞ okrug sudi sudyasi Men Çjun Trampning Ta’lim vazirligini yöq qiliş haqidagi farmonini bloklab, buni Kongress ma’qullaşi zarurligini aytdi.
U, şuningdek, Tramp ma’muriyati prezident jamoasi apellyatsiya berişga va’da bergan şu yil boşidagi dastlabki sud taqiqi doirasida işdan böşatilgan xodimlarni qayta tiklaşni buyurdi.

















