Joriy yilning 3 noyabridan 25 noyabriga qadar Qatar maydonlarida o‘tkaziladigan U-17 jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi J guruhida Paragvay, Panama va Irlandiya vakillariga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.
Barcha guruhlar:
A guruhi: Qatar, Italiya, Janubiy Afrika, Boliviya
B guruhi: Yaponiya, Marokash, Yangi Kaledoniya, Portugaliya
C guruhi: Senegal, Xorvatiya, Kosta-Rika, BAA
D guruhi: Argentina, Belgiya, Tunis, Fiji
E guruhi: Angliya, Venesuela, Gaiti, Misr
F guruhi: Meksika, Koreya Respublikasi, Kot-d’Ivuar, Shveytsariya
G guruhi: Germaniya, Kolumbiya, KXDR, Salvador
H guruhi: Braziliya, Honduras, Indoneziya, Zambiya
I guruhi: AQSh, Burkina-Faso, Tojikiston, Chexiya
J guruhi: Paragvay, O‘zbekiston, Panama, Irlandiya
K guruhi: Fransiya, Chili, Kanada, Uganda
L guruhi: Mali, Yangi Zelandiya, Avstriya, Saudiya Arabistoni.

O‘zbekiston ilk o‘yinni 5 noyabr kuni Paragvayga qarshi o‘tkazadi. 8 noyabr kuni Irlandiyaga qarshi maydonga tushadi, guruh bosqichi 11 noyabr kuni Panamaga qarshi o‘yin bilan yakunlanadi.










