Parijda Fransiya imperatori Napoleon I Bonapartning qiliçi 4,7 million yevroga sotildi. Bu haqda Hotel Drouot kimoşdi maydonçasiga tayanib, Le Figaro xabar berdi.

Qayd etilişiça, qurol dastlab 700 ming yevrodan 1 million yevrogaça baholangan va u «Napoleonning auksionda sotilgan eng qimmat artefaktlaridan» biriga aylangan.

«Summa 2007 yilda 4,8 million yevroga sotilgan Marengo jangidagi qiliç rekordiga yaqinlaşdi», — deyiladi xabarda.

Kimoşdi savdosi orqali sotilgan qiliç Napoleonning şaxsiy quroli bölgan. Bonapart 1802-1803 yillarda Versal manufakturasi direktori Nikolya-Noel Butedan qurol buyurtma qilgan. Imperator bölganidan keyin ham Napoleon I qiliçni hukmronligining oxiriga qadar saqlagan. Keyin esa uni marşal Emmanuel de Gruşiga sovğa qilgan. Şundan buyon qurol harbiy sarkardaning avlodlari tomonidan saqlab kelingan.

Auksionda sotilgan mazkur qiliçning ikkinçi nusxasi Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyida saqlanadi.

Eslatib ötamiz, 2021 yilda Bonapartning parad qiliçi va 5 ta töpponçasi 2,87 million dollarga sotilgan edi. Napoleon uşbu qurollardan 1799 yildagi davlat töntaruvi vaqtida foydalangan.