AQŞdagi auksionda fransuz imperatori Napoleon I Bonapartning parad qiliçi va 5 ta töpponçasi sotildi. France24 telekanalining xabar berişiça, Napoleon uşbu qurollardan 1799 yildagi davlat töntaruvi vaqtida foydalangan.  

Imperatorga tegişli qurollar Illinoys ştatida joylaşgan Rock Island Auction kompaniyasi tomonidan sotuvga qöyilgan va noma'lum kişi tomonidan 2,87 million dollarga sotib olingan.  

“Napoleon qurollarini sotib olgan odam tarixning noyob bir parçasini özi bilan olib ketadi. Biz unga bunday tarixiy buyumlarni xarid qiliş imkoniyatini taqdim qilganimizdan xursandmiz”, deb aytgan kompaniya prezidenti Kevin Xogan.

Qurollar Versaldagi qurol zavodi rahbari Nikolya-Noel Bute tomonidan yasalgan.

Napoleon I imperator taxtini egallaganidan keyin öz qiliçini general Jan-Andoş Jyunoga sovğa qilgan. Biroq generalning xotini qarzini tölaş uçun qiliçni sotib yuborgan.

Keyinçalik qiliç London muzeyida topilgan. Uning oxirgi egasi yaqinda vafot etgan amerikalik kolleksioner bölgan.