Qayd qilinişiça, bu yil 1 ming 619 kilometr içimlik suv, 521 kilometr oqova suv tarmoqlarini tortiş, 162 ta inşootni quriş va rekonstruksiya qiliş rejalaştirilgan. Bularning natijasida 715 ming aholiga ilk bor markazlaşgan içimlik suv yetib boradi, yana 400 ming nafari oqova xizmati bilan qamrab olinadi.
Mutasaddilar şu boradagi işlarning bajarilişi böyiça axborot berdi. Xalqaro moliya institutlari iştirokida 21 ta loyiha amalga oşirilmoqda. Bu yil 800 million dollarlik işlarni bajarib, 138 ta suv inşootini işga tuşiriş rejalaştirilgan.

Osiyo taraqqiyot banki va Germaniya taraqqiyot banki bilan loyiha oldi moliyalaştiriş böyiça yaxşi tajriba yölga qöyildi. Bunda pudratçi va loyihaçi oldindan tanlangani uçun amaliy işlar boşlanişi tezlaşdi. Kelgusida barça loyihalarda şu tartibni qöllaş maqsadga muvofiqligi aytildi.
Suv ta’minoti tizimini raqamlaştiriş uçun Osiyo taraqqiyot bankidan 125 million dollar jalb qilingan. Bu loyiha doirasida beş yilda yirik suv inşootlari va magistral quvurlarga 4 ming 800 ta «aqlli» hisoblagiç va qariyb 3 mingta telemetriya tizimi örnatiladi.
Sohada xalqaro hamkorlik va xususiy şeriklik rivojlanib borayotganidan kelib çiqib, uşbu talablarga javob beradigan mutaxassislar tayyorlaş zarurligi ta’kidlandi.

















