Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 40 ta mikro GES quriladi
Shu maqsadda 6,59 gektar yer maydoni Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.
Toshkent viloyatida 40 ta nuqtada jami 6,59 gektar yer maydoni Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, bu nuqtalarda mikro gidroelektr stansiyalari quriladi va tashabbuskorlarni aniqlash maqsadida yer maydonlari auksion savdoga chiqariladi.
Mikro gidroelektr stansiyalar Piskent, Ohangaron, Bekobod, Yuqori Chirchiq, Bo‘stonliq, Qibray, Chinoz, Bo‘ka, Yangiyo‘l, Zangiota tumanlari va Angren, Olmaliq, Bekobod, Chirchiq shaharlarida quriladi.
Avvalroq Toshkent viloyatida davlat zaxirasidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 6,7 gektar yer maydoni Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan edi.
Ta’kidlanishicha, 264 ta nuqtada GES qurish uchun aniq hududlar belgilab olingan, 102 ta hududda mikro GES qurilishi uchun yer maydonlari ajratilgan, hozir qurilish ishlari boshlangan.
Mavzuga oid
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026
Katta Chimyon tog‘ida oyog‘i lat yegan fuqaro qutqarib qolindi
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
11:20 / 22.06.2026