Andijon viloyati IIB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi YPX xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan qoçib ketgan haydovçi töğrisida ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, 26 may kuni soat 14:00 larda Yangi Asaka yöli hududida xizmat olib borayotgan YPX inspektori tomonidan Nexia-2 rusumli transport vositasiga hujjatlarini tekşiriş maqsadida «töxtaş» işorasi berilgan. Biroq 20 yoşli haydovçi inspektorning qonuniy talabiga böysunmasdan, Asaka tumani hududi tomon harakatni davom ettirgan.

Nexia-2 tumanning «Körkam» MFY hududda xizmat olib borayotgan bir neçta JTSB hamda YPX inspektorlarining qonuniy talablariga böysunmasdan harakatlanib ketayotgan vaqtida içki köçadan asosiy yölga keskin çiqib yuborişi oqibatida, öz yönalişida harakatlanib kelayotgan Labo va Captiva rusumli transport vositalari bilan töqnaşuv sodir etgan. Şundan söng Nexia-2 voqea joyidan qoçib ketgan. Xodimlar uşbu transport vositasini kuzatib borib, Asaka tumani «Humo» MFY hududida yölini tösib, uşlaşga muvaffaq bölgan.

Mazkur transport vositasi hamda haydovçining yoni ikki nafar xolis iştirokida közdan keçirilganida, maşina salonida ötkir tiğli jism (piçoq) borligi hamda haydovçi tegişli hujjatlarsiz avtomobilni boşqargani aniqlangan.

Sodir etilgan yöl-transport hodisasida tan jarohati olgan fuqarolar yöq, transport vositalari texnik şikastlangan.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki suriştiruv harakatlari olib borilmoqda. Haydovçi A.M. esa Jinoyat-protsessual kodeksining 288-moddasi köra tuman IIBning vaqtinçalik uşlab turiş hibsxonasiga joylaştirilgan.