Prezident Şavkat Mirziyoyev 28 may kuni Samarqandga taşrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on oyatlari tilovat qilindi.


Ta’kidlanişiça, islom olamida Imom Buxoriyning hurmati yuksak, uning maqbarasini köriş istagidagi insonlar köp. Şu bois ziyoratçilarga şaroitlarni kengaytiriş maqsadida bu yerda yangi majmua barpo etilmoqda. Prezident taşrif çoğida qurilişning borişini közdan keçirdi.
Majmuaning umumiy maydoni 44 gektar etib kengaytirilgan. Hozirgi kunda maqbara, 10 ming kişilik masjid, 4 ta minora qurib bitkazilgan.
Yangi majmua ziyorat bilan birga ma’rifat, tarbiya, ibrat öçoği böladi. Muzey, ma’muriyat, mehmonxona va boşqa xizmat körsatiş binolarini öz içiga oladi. Peştoqlar va ayvon devorlariga Buxoriy hadislari bitiladi.
Davlat rahbariga majmuada bölajak şaroitlar haqida axborot berildi. Maqbara hovlisi va xiyobonlarga köproq daraxtlar ekiş zarurligi aytildi.


















