HAMAS guruhi Ğazo sektorida qisqa muddatli sulh tuziş va garovga olingan ba’zi isroilliklarni ozod etiş böyiça kelişuvni qabul qilişi kerak, aks holda u «yöq qilinadi». Bu haqda 20 may, juma kuni Isroil mudofaa vaziri Israel Kats bayonot berdi.

«HAMAS qotillari endi tanlaşga majbur böladi: garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça «Uitkoff kelişuvi» şartlariga rozi böliş yoki yöq bölib ketiş», — deya Kats sözlarini keltiradi AFP.

Bir kun avval Reuters AQŞ prezidentining Yaqin Şarq böyiça maxsus vakili Stiv Uitkoff tomonidan ilgari surilgan Ğazo sektorida qisqa muddatli sulh tuziş rejasining taxminiy tafsilotlarini e’lon qildi.

Hujjatda Ğazo sektorida 60 kunlik otaşkesim va bir hafta içida garovga olingan 28 isroillik – tirik odamlarni ham, öğirlab ketilgan isroilliklarning jasadlarini ham öz vatanlariga qaytariş taklif qilinadi. Buning evaziga Isroil qamoqxonalardagi 1236 nafar falastinlik mahbusni ozod qilişi va 180 nafar halok bölgan falastinliklarning jasadlarini topşirişi kerak.

Bundan taşqari, kelişuv Isroil mudofaa kuçlari (TSAHAL) bölinmalarini Ğazo sektoriga qayta joylaştirişni nazarda tutadi – lekin undan qöşinlar olib çiqilmaydi. Şuningdek, hududga insonparvarlik yordami kirişiga ham ruxsat etiladi. Buning kafolatlarini AQŞ prezidenti Donald Tramp, şuningdek, HAMAS va Isroil örtasidagi muzokaralarda vositaçi bölgan Misr va Qatar bergan.

Ayni damda 58 nafar isroillik HAMAS tomonidan Isroilga hujum paytida öğirlab ketilganlar röyxatida. Biroq guruh ulardan qançasi tirik qolgani haqida ma’lumot bermayapti. Ayni paytda garovga olinganlar haqida yangi xabarlar paydo bölmoqda.