Hujjat bilan belgilanishicha, 2025 yildan boshlab Qoraqalpog‘istonda:

  • kunjut va mosh ekinlarini yetishtirish bo‘yicha namunaviy loyihalar har bir tumanda «bir kontur — bir mahsulot» tamoyili asosida kamida 50 gektar maydonda amalga oshiriladi;
  • ushbu loyihalar bo‘yicha imtiyozli kreditlar sug‘urta ta’minoti bilan garovsiz ajratiladi;
  • «Agroplatforma» axborot tizimi orqali imtiyozli kreditlarni ajratishda kunjut va mosh ekinlari ekilgan maydonning gektariga nisbatan hosildorlik normativi 0,27 sentnerni tashkil etadi;
  • imtiyozli kreditlarni ajratishda hosildorlik qiymati sifatida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan e’lon qilinadigan kunjut va moshning tavsiyaviy realizatsiya narxlari qabul qilinadi.