31 may kuni keçqurun Bryansk oblasti Vigoniçskiy rayonida avtomobil köprigi quladi, bu vaqtda uning ostidan «Klimov — Moskva» yölovçi poyezdi ötayotgandi.

Rossiya temiryöl departamenti xabariga köra, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 22:44 da Bryansk oblastidagi «Pilşino - Vigoniçi» bir yölli peregonida röy bergan. Bu yerda temiryöl federal miqyosdagi A-240 avtomobil yöli bilan kesişadi. Köprikdan bu vaqtda yuk maşinasi ötayotgan bölgan.

Poyezd qulagan köprik konstruksiyasiga urilgan, natijada lokomotiv va törtta vagon izdan çiqib ketgan.

Mahalliy rasmiylarga köra, avariya oqibatida yetti kişi halok bölib, yana 69 kişi jarohatlangan. Jarohatlanganlardan 47 nafari şifoxonaga yotqizilgan, ulardan uç nafari, jumladan, bir bola oğir ahvolda qolmoqda. Köprik qulaşi oqibatida «Miratorg» kompaniyasi mahsulotlarin taşigan yuk maşinasi haydovçisi ham jarohatlangan.

«Klimov — Moskva» poyezdi yölovçilari uçun Vigoniçi stansiyasida vaqtinça joylaştiriş punkti taşkillaştirilgan. 1 iyun tongida ular zaxira poyezdi orqali Moskvaga yuborilgan. Yölovçilarning xarajatlari qoplab berilişi va’da qilingan.

Moskva temiryöllari telegram-kanalida yölovçi poyezd izdan çiqib ketişi «transport faoliyatiga noqonuniy aralaşuv natijasida avtomobil köprigining oraliq qurilmasi qulaşi» tufayli röy bergani xabar qilindi. Keyinroq xabar tahrirlanib, «noqonuniy aralaşuv» jumlasi olib qöyildi.

Kuçişlatar idoralarga yaqin hisoblangan Baza, Mash, 112 va Shot telegram-kanallari hodisadan keyin bergan dastlabki xabarlarda köprik qulaşiga ustunlarni portlatiş sabab bölgan bölişi mumkinligi aytilgan. Poyezd portlovçi qurilma örnatilgan şpallarni bosib ötgani haqidagi versiya ham paydo bölgan. Telegram-kanallar «harbiy muxbirlar» may oyi oxirida Vigoniçi rayonida bir guruh ukrainalik diversantlar aniqlangani haqida tarqatgan xabarlarni ham eslagan.

1 iyun tongida Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomaz amalda bu ma’lumotni tasdiqladi. «388 nafar yölovçi bölgan Klimov-Moskva poyezdi ötayotgan köprik portlatildi. Hozirgaça yetti kişi halok bölgani, uç bola jarohatlangani ma’lum», — degan Bogomaz «Rossiya 24» telekanali efirida.

Klimovo şahri va Klimov stansiyasi Bryansk oblastining janubi-ğarbiy qismida, Ukraina çegarasi yaqinida joylaşgan. Yölning qulab tuşgan qismi Bryanskdan oldin joylaşgan bölib, poyezd soat 23:00 dan keyin töxtaşi kerak edi.