DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda mahalla bankiri söralgan pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi. 

Tergovga qadar tekşiruv davomida, u kredit ajratib beriş uçun muqaddam 600 ming söm, bank boşqaruvçisi örinbosari esa 920 ming söm olganligi aniqlandi. 

Şuningdek, “Xalq banki” Özbekiston BXM mansabdor şaxslari, Özbekiston tumanidagi mahalla fuqarolar yiğinlaridagi 2 nafar hokim yordamçisi va ulgurji savdoga ixtisoslaşgan MÇJ rahbari soxta hujjatlar asosida boşqa fuqarolar nomiga 153 mln söm miqdorida maqsadsiz kredit ajratilişiga erişib, ularni naqdlaştirib, talon-toroj qilganliklari ham ma’lum böldi. 

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

BXM boşqaruvçisi örinbosari 2000 va 2015 yillarda Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan sudlangan.