Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ekologiya muhofazasi bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etiladi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida vazir Aziz Abduhakimov va Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Xe Xunpin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohalarida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Tadbirda 2024 yil yanvarida imzolangan Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo bitim doirasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi. Barqaror hamkorlik va qo‘shma ilmiy va amaliy tashabbuslarni kengaytirish muhim ekanligi qayd etildi. Hamkorlikda Arnasoy, Karmana, Muborak, Qorako‘l va Nukus tumanlarida galofit o‘simliklari bog‘larini yaratish, O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi agentligiga 1,4 tonna urug‘ yetkazib berish, shuningdek, ifloslanish darajasini monitoring qilish uchun raqamli tizimlarni joriy etish va xitoylik mutaxassislarning “Yashil makon” umummilliy tashabbusini amalga oshirishda ishtirok etishi kabi loyihalarning amalga oshirilishi shular jumlasidan.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Xitoy Fanlar akademiyasining Sinszyan ekologiya va geografiya instituti (SAS XIEG) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjatni Aziz Abduhakimov va SAS XIEG bosh direktori, professor Chjan Yuanmin imzoladi.
Memorandumga ko‘ra, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti negizida Markaziy Osiyo ekologiya va atrof-muhitni o‘rganish ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi. Ushbu markaz mintaqada ilmiy tadqiqotlar, mutaxassislarni tayyorlash, texnologiyalar va tajriba almashish, shuningdek, “yashil” va barqaror rivojlanishni targ‘ib qilishda muhim platforma vazifasini bajaradi.
Hujjatda hamkorlikning keng yo‘nalishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan: ilmiy konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish, qo‘shma tadqiqotlar va nashrlar tayyorlash, laboratoriyalarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, amaliy loyihalarni yo‘lga qo‘yish va kadrlar salohiyatini rivojlantirish.
Mavzuga oid
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026