Özbekiston Interpolining Milliy markaziy byurosi kömagida qidiruvda bölgan özbekistonlik AQŞda qölga olindi.
Qayd etilişiça, uşbu şaxs Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan öta yirik miqdordagi firibgarlik sodir etganlikda ayblanmoqda.
Özbekiston Interpol MMB xodimlari va AQŞning vakolatli organlari örtasida ötkazilgan muzokaralar, qöşma tezkor harakatlar hamda özaro ma’lumotlar almaşiş natijasida, Amerika tomoni bilan hamkorlikda qidiruv e’lon qilingan şaxsni mamlakat hududidan çiqarib yuboriş töğrisida qaror qabul qilingan.
AQŞning Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) xodimlari kuzatuvida gumonlanuvçi Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportga keltirilgan va keyinçalik javobgarlikka tortiş maqsadida byuro xodimlariga topşirilgan.
Avvalroq xalqaro qidiruvda bölgan özbekistonlik ikki ayol Ömondan ekstraditsiya qilingani töğrisida xabar berilgandi.

















