Unda, Andijon şahrida yaşovçi, muqaddam bir neça marotaba sudlangan şaxs aldov yöli bilan özgalarning işonçiga kirib, hozirda faoliyat yuritmayotgan Andijon şahridagi turistik firma nomidan 10 nafar fuqaroni Haj ziyoratiga yuborişini aytib, evaziga har biri uçun 5 ming AQŞ dollaridan jami 50 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Qaşqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda Qarşi şahrida tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanuvçi şaxs firibgarlik yöli bilan fuqaroning işonçiga kirib, u va uning qarindoşini poytaxtdagi tanişlari orqali Haj ziyoratiga yuboriş evaziga 14 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Namangan şahrida qayd etilgan holatda esa mahalliy turistik firmalardan birining menejeri 2 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga Haj amallarini ado etiş uçun yuboriş evaziga 20 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 10 ming AQŞ dollari olgan vaqtida DXX va içki işlar organlari tomonidan uşlandi.
Toşkent şahrida faoliyat yurituvçi turistik firma işçisi Farğona viloyatining Toşloq tumanida yaşovçi fuqaroning işonçiga kirib, uni Haj ziyoratiga yuboriş evaziga Qöqon şahrida 9 ming AQŞ dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan uning noqonuniy harakatiga çek qöyildi.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















