Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Pokiston "Yashil makon" dasturlari doirasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit masalalarini muvofiqlashtirish federal vaziri Musadik Masud Malik bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitni muhofaza qilish va qayta tiklash, yashil energetika, suv resurslarini oqilona boshqarish, barqaror rivojlanish sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Pokiston vaziri O‘zbekiston bilan iqlim o‘zgarishi va qayta tiklanadigan energetika sohalaridagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi "birodar universitetlar" aloqalarini o‘rnatish, O‘zbekistonning "Yashil makon" va "Yashil Pokistonni kengaytirish" dasturlari doirasida hamkorlikni kuchaytirish, jamoatchilikni xabardor qilishga qaratilgan qo‘shma tadbirlar o‘tkazish hamda ekologik sheriklikni mustahkamlash maqsadida ikki tomonlama huquqiy bazani yaratishni taklif qildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ishchi aloqalarni davom ettirish va ikki mamlakat manfaatlariga xizmat qiluvchi loyihalar ustida faol ishlashga kelishib oldi.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026