Rossiya iqtisodiyoti ötgan ikki yildagi yuqori ösiş sur’atlaridan keyin soviş davriga kirdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlaniş vaziri Maksim Reşetnikov Federatsiya kengaşidagi “Oçiq muloqot” çoğida aytib ötdi.

"Iqtisodiyot sönggi ikki yildagi yuqori ösiş sur’atlaridan söng endi soviş davriga kirdi. Körib turibmizki, real sektorda tobora köproq sanoat korxonalarida mahsulot işlab çiqariş pasaymoqda. Iste’mol talabining ösiş sur’ati sekinlaşmoqda. Şu bilan birga, aholi daromadlarining ösişi iste’mol bozoriga emas, balki jamğarmalarga yönaltirilişda davom etmoqda. Statistik ma’lumotlar sezilarli sekinlaşuvni körsatmoqda", - deydi Reşetnikov.

2024 yil 25 oktyabrda Rossiya banki asosiy stavkani 200 ta bazaviy punktga kötarib, yillik 21 foiz rekord darajagaça oşirdi.