Rossiyaning Saratov viloyati fermerlari prezident Vladimir Putinga murojaat qilib, Qozoğistondan yopirilgan sayğoqlar bilan boğliq muammoni hal qilişda yordam söradi.
Fermerlarning aytişiça, Qozoğistondan millionlab sayğoqlar köçib kelgan va ekinlar, yaylovlar, piçanzorlarni payhon qilmoqda. Aleksandrovo-Gayskiy, Piterskiy va Novuzenskiy tumanlari eng köp zarar körgani aytilmoqda.
Bundan taşqari, fermerlar içimlik suvi olinadigan Maliy Uzen daryosida sayğoqlarning ommaviy nobud bölişiga e’tibor qaratib, bu mahalliy aholining hayoti va soğliğiga bevosita tahdid soluvçi fakt ekanini ta’kidladi. Sayğoqlardan taşqari, fermerlar çigirtka bosqinidan ham xavotirda va mustaqil ravişda bu ofatga doş berolmasligini aytdi.
https://plvideo.ru/embed/mCy-rXtxYr8u
Qişloq xöjaligi vazirligi Saratov viloyati bölimi bergan izohga köra, qozoq sayğoqlari migratsiyasidan jabr körgan Aleksandrovo-Gayskiy, Novuzenskiy va Piterskiy tumanlarida hayvonlar yetkazgan zararni baholaş uçun maxsus komissiyalar tuzilmoqda. Komissiyalar faoliyati natijasida olingan ma’lumotlar qayta işlanadi, tizimlaştiriladi va yuqori organlarga yetkaziladi. Fermerlarga yordam körsatiş mexanizmi işlab çiqiladi.
Avvalroq Qozoğistonda sayğoqlar populyatsiyasi haddan ziyod köpaygani, mahalliy fermerlar bundan aziyat çekayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu yil sayğoqlar soni 5 milliondan oşişi kutilmoqda. Respublika Ekologiya vazirligi sayğoqlar populyatsiyasini tartibga soliş böyiça «yöl xaritasi»ni işlab çiqdi: endi hayvonlarni otiş jarayonini tiklaş rejalaştirilgan.
Qozoğistondagi sayğoqlar azaldan davlat muhofazasida bölgan. Ularning soni an’anaviy tibbiyotda qöllanadigan şoxi tufayli brakonerlar tomonidan sezilarli darajada kamaytirildi. 2019 yilda sayğoqlarni ovlaş bilan boğliq qonunbuzarlik uçun jazo çoralari kuçaytirildi.
2022 yil iyun oyida Qozoğiston ekologiya vaziri sayğoq populyatsiyasini tiklaş rejasi ortiği bilan bajarilgani, biroq ularning soni haddan ziyod köpayganini ma’lum qildi. Ular yaylovlarni payhon qilib, öt-ölanlarni yeb bitirayotgani, mahalliy fermerlar çorvasiga zarar yetkazayotgani aytildi. Şundan söng, sayğoqlarni ovlaşga ruxsat berildi. Ammo, ekologik faollar bosimi ostida jarayon 2024 yilda töxtatib qöyildi.













