Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi
Uning uzunligi 1,3 km, dengiz sathidan 359 m balandlikda joylashgan.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Kashmir vodiysini mamlakatning qolgan qismi bilan bog‘lovchi Chenab temiryo‘l ko‘prigining ochilish marosimini o‘tkazdi.
Uning uzunligi 1,3 km, dengiz sathidan 359 m balandlikda joylashgan. Bu dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigidir.
«Chenab temir yo‘l ko‘prigi nafaqat arxitekturaning ajoyib qismi, balki Jammu va Srinagar o‘rtasidagi aloqani yaxshilaydi», deb yozdi Modi X ijtimoiy tarmog‘ida.

Hindiston bosh vaziri, shuningdek, Jammu va Kashmir ittifoqi hududida aloqani yaxshilashga qaratilgan Katra shahrida qiymati 460 milliard rupiy (5,4 milliard dollar) bo‘lgan infratuzilma loyihalarini ishga tushirdi.
Loyihalar «ma’naviy turizmga turtki beradi va daromad olish uchun imkoniyatlar yaratadi», deb yozdi Modi.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026