Poytaxtda dökonlar va boşqa savdo nuqtalarining peşlavhalari majburiy tarzda birxillaştirilmoqda. Bu – vizual şovqinni kamaytiriş uçun şaharning dizayn kodi qabul qilingani bilan boğliq. Lekin uni qabul qilişda keng jamoatçilik muhokamasi bölmagan. Jarayonga tadbirkorlar nima deydi, bu tadbir xalqaro amaliyotga qançalik mos?
Şaharni körkam qiliş – köpçilikning işi. Ma’lum bir şaharda yaşovçi odamlar öz kreativligini, ta’bir joiz bölsa öz ruhini şahar körinişida namoyon qiladi. Keyin boşqa yurtda yaşovçi odamlar şu ruhdan bahramand böliş uçun bu şaharga turist bölib kelişadi. Bu ruh öz içiga binolar, köçalar, oşxonalar, mehmonxonalar, dökonlar, boğlar va boşqa narsalarning körinişini öz içiga oladi. Körinişdan taşqari narsalar ham bor, albatta, ammo bu boşqa mavzu.
Xullas, şaharliklarning içki dunyosi şaharga uradi va uzoğ-u yaqindan odamlar şu öziga xoslikni, boşqa yerda yöq narsalarni izlab kelişadi.
Biroq bu degani kim nimani istasa qilaverişi mumkin degani emas, şahar körinişida uyğunlik bölmoği lozim. Hamma öz reklamasi-yu peşlavhalarini istagandek qöyib taşlasa, körimsiz manzara yuzaga keladi.
Bizning Toşkentda ham uyğun manzarani yuzaga keltiriş vaqti keldi. Toşkent şahri hokimiyati bunga bel boğlagan. Ammo bitta “lekin”i bor – qanday qilib bu amalga oşirilyapti.
Vaziyatni örganiş uçun biroz şahar aylandik, tadbirkorlarga mikrofon tutdik. Peşlavhalar olinyapti. Örniga hokimiyat belgilagan taxtalar örnatilyapti.
Şokir Şaripov: Har galgidek, qöqqisdan yuz beryaptimi bu?

Jamoliddin Muhammadjon (tadbirkor): Qöqqisdan, har galgidek. Odatiy buyruq böladi: oliş kerak peşlavhalarni, yeçiş kerak. Bajarmasak, “statyalar” bor – “böysunmaslik”... Mijozlarimiz bizni köçdi deb öylayapti... Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz orqali “hammasi joyida, faqat noma’lum muddatga şunaqa bölib turibdi”, deb tuşuntiriş berib turibmiz.




Ş.Şaripov: Aytib bering-çi, şunaqa birxillaştirişni qayerdadir kuzatdingizmi?
J.Muhammadjon: Yöq. Yopiq obektlar içida bölişi mumkin, lekin bunaqa – şaharni umumiy bir xil qolipga, bir xil körinişga olib keliş, peşlavhalar şahar böyiça bir xil bölişini körmaganman. Ajralib turiş bu biznesga xos narsa özi. Şunaqa tuşunça bor – “brendbuk” degan. Ya’ni özingizning brendbukingiz içida özingizga xos ranglar böladi, özingizga xos şriftlar böladi. Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi qarorida tuşunarsiz holatlar bor. Bayroq kompozitsiyalarini örnatiş taqiqlanadi.
Ş.Şaripov: Dunyo şaharlarida bu bormi-yöqmi?
J.Muhammadjon: Bor, butun dunyoda bayroq kompozitsiyalari bor. Keyingisi: “reklama körsatkiçlarini örnatiş taqiqlanadi, çunki ular tarixiy körinişni buzadi”.
Ş.Şaripov: Bu çet elda yöqmi?
J.Muhammadjon: Butun dunyoda bor. Keyingisi: “ştenderlarni örnatiş taqiqlanadi, çunki ular piyodalar uçun tösiqlar yaratadi”.

Şerzod Sami (tadbirkor): Sönggi yillarda bunaqa – qöqqisdan har xil talablar çiqib qolişiga hayron bölmay ham qoldik. Uç-tört yil oldin portalga murojaat qilib, u qilib, bu qilib, haqqimizni talab qila olardik...
Ş.Şaripov: Neçta mamlakatda bölgansiz?
Ş.Sami: Qirq uçtadan oşdi.
Ş.Şaripov: Bu tarzdagi birxillaştirişni biror joyda kuzatganmisiz?
Ş.Sami: Turkmanistonda bölişi mumkin.
Ş.Şaripov: Şahar özi, öşa şaharda yaşayotgan odamlarning individualligining bir namoyoni, töğrimi?
Ş.Sami: Albatta.
Ş.Şaripov: Nima uçun biz Madrid, Lissabon, London, Parij, Tokioga qiziqamiz? Çunki u yerda individuallik bor. Şu bilan farqlanadi şaharlar. Agar hamma şaharlar bir xil bölib qoladigan bölsa, bu qay tarzda turistlar oqimiga ta’sir qiladi?
Ş.Sami: Albatta. Eski şaharning, masalan, Suzukota kabi öziga xos, bir xillikda qurilgan, milliylikni tarğib qiladigan bir şaklda qilingan joylar alohida bir mavzu bölişi kerak. Topşiriq olgan xodimlarning ham özida ozgina initsiativa, jur’at bölişi kerak, faqat buyruqni kör-körona bajariş kerak emas deb öylayman.
Ş.Şaripov: Rivojlangan mamlakatlarda bu qanday amalga oşiriladi? Körib çiqamiz.
Parij. Tarixiy markazda tartib qattiq, ammo brend individualligi saqlanadi. Tarixiy hududlarda öta yorqin ranglar, katta va agressiv peşlavhalarga çeklov bor.
Amsterdam. Ölçam va yoritişga çeklov bor, ammo individuallik saqlanadi.
Tokio. Faqat tarixiy hududlarda material va ölçamlarga çeklovlar bor: neon yoritgiçlari, haddan taşqari katta peşlavhalarga çeklov mavjud.
Nyu-York. Tarixiy hududlarda yorqin yoritiş va plastik materiallarga çeklov bor. Brend uslubiga ruxsat beriladi.
Seul. Qöriqlanadigan hududlarda juda katta va yorqin peşlavhalarga çeklov bor. Brendlaşuv ruxsat etilgan.
Ha, Toşkentimiz körinişi hali işlovga muhtoj, peştaxtalari ham köpçiligimizga yoqmayotgan bölişi mumkin. Biroq özgarişlar, rivojlangan mamlakatlardagi kabi jamoatçilik bilan bamaslahat, demokratik jarayonlar orqali amalga oşirilsa, har jihatdan töğri böladi. Çunki bunda odamlarga nisbatan hurmat bor, ösiş ham bu – bir harakat emas, bu – jarayon. Şahar şaharliklarning davomli urinişi bilan körkam böladi.
Şokir Şaripov












