Oʻzbekistonda franchayzing xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Bu – davlat rahbarining tadbirkorlar bilan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi farmonida koʻzda tutilgan.

Qaror loyihasi yil oxirigacha ishlab chiqilishi va unda quyidagilar nazarda tutilishi kerak:

  • franshiza yoʻnalishidagi milliy standartlarni ishlab chiqish;
  • binolar ijarasi, paushal toʻlovi va xorijda brendlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha moliyaviy yordam koʻrsatish;
  • hududlarda milliy franshizalarni rivojlantirish maqsadida qoʻllab-quvvatlash vositalarini taqdim qilish;
  • olis va chekka hududlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda raqamlashtirishni rivojlantirish maqsadida mahalliy kichik tadbirkorlarga (provayderlarga) moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarini bergan holda franshiza asosida xonadonlarga telekommunikatsiyalar xizmatini koʻrsatish va ekspluatatsiya qilish bilan shugʻullanish imkoniyatini yaratish.