6 iyun kuni keçqurun Kaliforniya janubidagi Los-Anjyelesda ICE immigratsiya xizmatining keng kölamli reydlari tufayli norozilik namoyişlari boşlandi..
Şu kun avvalida noqonuniy muhojirlarni tutiş va deportatsiya qiliş bilan şuğullanuvçi ICE 44 kişini qölga olgan, yana bir kişi agentlarga qarşilik körsatgani uçun uşlangandi.
Guvohlarning sözlariga köra, ICE inspektorlari reydlar davomida közdan yoş oqizuvçi gaz va şovqinli granatalardan foydalangan. Şundan söng, şahar markazida ICE’ning şafqatsiz usullarini qoralagan 300 dan ortiq namoyişçilar töplandi.

AQŞ prezidenti Donald Trampning noqonuniy immigratsiyaga qarşi keng kölamli kampaniyasi doirasida AQŞning qator şaharlarida migrantlarni qölga oliş böyiça reydlar ötkazilmoqda.
Los-Anjyeles politsiyasi namoyişçilarni keçki soat yettigaça tarqalişga çaqirdi, ammo vaziyat keskinlaşişda davom etdi, deb yozadi Los Angeles Times.
Töqnaşuvlar federal bino yaqinida ham sodir bölgan. Politsiyaga köra, namoyişçilar beton bölaklarini uloqtira boşlagaç, huquq-tartibot idoralari xodimlariga «ölimga olib kelmaydigan vositalar»dan foydalanişga ruxsat berilgan.
Namoyişlardan olingan kadrlarda politsiya namoyişçilarni kaltaklab, közdan yoş oqizuvçi gaz qöllayotganini köriş mumkin. Şahar markazidagi tartibsizliklar yarim tundan keyin ham davom etmoqda.

Reydlar çoğida ICE agentlari Xalqaro xizmat körsatiş sohasi xodimlari kasaba uyuşmasi (SEIU) prezidenti Devid Uertani qölga oldi va yarador qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Kasaba uyuşmasi vakillarining sözlariga köra, u «Huquqni muhofaza qiliş organlarining harakatlarini kuzatiş va hujjatlaştiriş böyiça Birinçi tuzatiş huquqidan foydalanganida» şunday bölgan.
Uerta qançalik oğir yaralangani va unga qandaydir ayblovlar qöyilgani hozirça noma’lum.
Los-Anjyeles meri Karen Bass immigratsiya reydlarini qoralab bayonot berdi. «Bu taktika jamoalarimizda dahşat uyğotadi va şahrimizdagi asosiy xavfsizlik tamoyillariga putur yetkazadi», – dedi u.


















