2025 yil 8 iyun kuni Rossiya kuçişlatar tuzilmalari Moskva şahrining Strogino tumanida migrantlarga qarşi reyd ötkazdi. Mahalliy OAVlarga köra, reyd tadbiri RF Mudofaa vazirligiga qaraşli obektlardan birida MDH davlatlaridan kelgan fuqarolar yaşaydigan yotoqxonada ötkazilgan. Tadbirda mehnat muhojirlarining hujjatlari tekşirilgan, ularning ayni qaysi davlat fuqarolari ekaniga oydinlik kiritilmagan.
Reyd davomida Omon maxsus bölinmasi markaziy osiyolik mehnat muhojirlariga qöpol va noinsoniy munosabat qilgan. Xususan, migrantlar xonalardan haydab çiqarilgan, kuç tuzilmalari xodimlari migrantlarni haqorat qilgan, kuç işlatib urgan va tepgan, ba’zilariga hattoki elektroşoker bilan hujum qilgan. Bunday noqonuniy harakat kuç tuzilmalarining özi tomonidan videoga olib turilgan.
«Baza» naşri ma’lumotlariga köra, reyd natijasida xodimlar hujjatlarida muammo bölgan 5–6 kişini bölinmaga olib ketgan. Hozirça Moskvada ötkazilgan uşbu reyd haqida boşqa ma’lumotlar yöq.
Özbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi Moskvada bölgan uşbu holat yuzasidan rasmiy munosabat berdi.
«Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Rossiya federatsiyasining huquqni muhofaza qiluvçi organlaridan rasmiy ma’lumot kutilmoqda. Özbekiston Respublikasining Moskva şahridagi Boş konsulxonasi va Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi uşbu masalani nazoratga olgan.
Ma’lumotlarga köra, reyd yakunida hujjatlarida muammo aniqlangan 5–6 nafar şaxs uşlab qolinib, holatni aniqlaş maqsadida içki işlar bölimiga olib ketilgan», deyiladi vakolatxona bayonotida.
Şuningdek, Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi uşbu vaziyatda jabrlanganlar orasida Özbekiston fuqarolari mavjud bölsa, jumladan, ularga tan jarohatlari yetkazilgan, huquqlari buzilgan yoki boşqa muammolarga duç kelgan bölsa, holat yuzasidan murojaat qilişni söragan.
Agentlikning Rossiyadagi aloqa ma’lumotlari:
Telefon: +7 925 045-47-44
Telegram: @pomoshrussiamigrant













