Yangi yarimtirkamalar turkumi keng auditoriyaga Yevroosiyodagi eng yirik tijorat transporti va texnologiyalar körgazmalaridan biri bölgan COMvex – 2025 körgazmasida taqdim etildi. Uşbu tadbir EXPO sohaviy körgazma tadbirlari doirasida (CTT Expo/COMvex/CTO Expo/Logistika Expo) 27 maydan 30 maygaça Moskva şahridagi MVs «Krokus Ekspo» körgazma markazida ötkazildi. Körgazmada 69 000 dan ortiq mehmon va 1 000 dan ziyod eksponentlar, jumladan, sohaning yetakçi jahon işlab çiqaruvçilari iştirok etdi.

VOLLKRAFT’ning taqdimoti UzAuto Trailer uçun xalqaro bozorda öz pozitsiyalarini mustahkamlaşda yangi strategik bosqiçga aylandi. Oxirgi yillarda kompaniya nafaqat Özbekistonda, balki Markaziy Osiyo va Rossiya bozorlarida ham işonçli hamkor sifatida özini namoyon qildi. Faqat sönggi ikki yil içida korxona tomonidan işlab çiqarilgan 2 000 dan ziyod yarimtirkamalar xorijiy bozorlarga eksport qilindi.
Mahalliy texnikalarning global darajadagi raqobatbardoşligini tasdiqlovçi yana bir muhim körsatkiçlardan biri, bu UzAuto Trailer’ning jahondagi yetakçi yarimtirkama işlab çiqaruvçilarni baholaydigan The 2024 Global Trailer OEM Ranking Listmustaqil xalqaro reytingiga 2024 yildan boşlab ilk marta kiritilişidir. 38-örinni egallagan holda, kompaniya öz mahsulotlarining yuqori standartlarga javob berişini va eng talabçan bozorlarda ham muvaffaqiyatli raqobatlaşa olişini isbotladi.

VOLLKRAFT: Biznes ehtiyojlarini tinglaydigan texnika
Nemis tilidagi «VOLLKRAFT» sözining asl ma’nosi – «töliq kuç» yoki «töliq qudrat» bölib, yetuklik va donolikni ifodalaydi. Yangi yarimtirkamalar turkumining ortida köp yillik tajriba, professional bilim va mijozlar fikriga e’tibor bilan yondaşiş yotadi. Har bir VOLLKRAFT yarimtirkamasi – investitsiyadan maksimal samara, har bir reysda işonç va haqiqiy iş şaroitlarida sinovdan ötgan texnologik qudratdir.
UzAuto Trailer’ning COMvex-2025dagi stendida Vollkraft’ning yangi modellari taqdim etildi:


















